Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

Ijtimoiy normalar, sanksiyalar va shaxs 
Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o‗z 
a‘zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko‗pchilik tomonidan e‘tirof 
etilgan harakatlar talablaridir.
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi 
raqobat muhiti shaxsdan bir vaqtning o‗zida qator qobiliyatlar va malakalarni 
talab qilmoqdaki, ayniksa, yoshlar o‗zgaruvchan sharoitlarga tezroq moslashish 


uchun ba‘zan bir-biriga zid xislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur 
bo‗lishmoqda. Masalan, yosh oila boshligi, talaba, ota - onalarga moddiy 
jihatdan qaram bo‗lmaslik uchun, bir vaqtning o‗zida ham itoatkor, intizomli 
talaba va ishdan keyin esa - chaqqon va uddaburon, tadbirkor, tijoratchilik bilan 
shug‗ullanishga majbur bo‗lishi mumkin. Bu holat tabiiy, shaxsdan kuchli iroda, 
doimiy intiluvchanlik va o‗z ustida muttasil ishlashni talab qiladi. 
Ijtimoiy ta‟sirlarning shaxs tomonidan anglanishi 
Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs 
xulq-atvorini ma‘lum ma‘noda boshqarib, muvofiqlashtirib turishga yordam 
beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloq - ijtimoiy normalar doirasidagi 
maqbul harakati uning o‗ziga ham bog‗liqdir. SHaxsning o‗zi, o‗z xulq-atvori 
xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo‗lgan obraz - 
«Men» - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi 
shaxs barkamolligining mezonlaridan hisoblanadi. 
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy ahamiyat kasb etsa-da, lekin uning ortida 
jismoniy individual (yakkahol) shaxs turadi. Holbuki shunday ekan, har bir kasb 
tanlovchi shaxsiyatiga individual munosabatni amalga oshirish zarur. Buning 
uchun kasb tanlovchining yosh va jins xususiyatlariga binoan kasb maorifini 
amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda birinchi navbatda shaxsning kasbiy 
ehtiyoji, motivi, layoqati, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish darkor. Aks 
holda umumiy xususiyatli yo‗llanma, ko‗rsatma ijobiy natijaga olib kelmaydi, 
chunki individuallik o‗ziga xos talablarni taqozo etadi. Hatto oddiy kasb maorifi 
ham turlicha yondashuvni talab qiladi, binobarin, uni qondirmasdan turib tub 
maqsadga erishib bo‗lmaydi. 
Kasbiy saralashda pedagoglar, psixologlar, fiziologlar, tibbiyot xodimlari 
va ishlab chiqarish xodimlarning ishtiroki. Turli kasblarning konkret shaxs 
oldiga qo‗yadigan talablari. Haydovchi, muhandis, chilangar, qishloq xo‗jalik 
xodimi, temirchi, kosib va boshqa kasblarning shaxs ruhiyatiga qo‗yadigan 
talablari. Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish. 
Ruhiy sifatlarni e‘tiborda tutish haqida ma‘lumot berish. Bosh miya asab 


tolalarining qo‗zg‗aluvchanligi va tormozlanuvchanligi haqida tushunchalar 
berish. Kasbga saralashda shaxs xarakteri, temperamenti va boshqa shaxsiy 
sifatlarning tutgan o‗rni. Kasbga saralashda kasbning shaxsiyatga hamda shaxsiy 
sifatlarning kasb mohiyatiga ta‘siri masalalari. 
Bilimlarga mayl va qiziqishlar turlicha namoyon bo‗ladi: faol, sust, chuqur, 
tor, astoydil, yuzaki. Mayl va qiziqishlar kasb tanlashda juda muhim, ammo 
yoshlarning mayl va qiziqishlari kasb-hunarlar kabi shu darajada ko‗p va turfaki, 
ularni tanlayotgan kasbga qanchalik o‗yg‗unligi haqidagi savolga birdaniga 
javob berish qiyin. Umumiy tarzda yoshlarning nazariy sohalar, amaliy faoliyat, 
ijtimoiy tashkilotchilik ishlari, sport, turli ko‗ngilxushliklarga bo‗lgan qiziqish 
va mayllarni ko‗rsatish mumkin. Tabiiyki, bolalarda qanday qiziqish va 
mayllarni o‗rganish va shakllantirish kerak degan savol tug‗iladi. Bu savolga 
javob topish uchun mavjud kasb-hunarlarning, aniqrog‗i, har bir bolani 
qiziqtirgan kasbning kishilardan talab qiladigan jahatlarini yaxshi bilish kerak. 
Bu talablar mehnat qurollari, turi, maqsadi, faoliyatning shart-sharoitlaridan 
kelib chiqadi. Jamiyatdagi insoniyat olamida kasb-hunar ko‗p bo‗lishiga 
qaramay, ularni mehnat qurollari, ob‘ektlariga ko‗ra, besh turga turkumlash 
mumkin (muqovalarga qarang): 
1. Odamlar bilan ishlash ektakchi bo‗lgan sohalar – bu turni biz shartli 
ravishda «Inson+inson» deb belgilaymiz. Bu turdagi kasb egalari asosan 
insonlar bilan muloqatda bo‗ladi, ya‘ni ularning faoliyatida odamlar asosiy 
o‗rinda turadi. Aslida hamma narsa inson uchun qilinadi. Ammo odamlar 
insoniyatga turli yo‗l bilan bevosita va bilvosita xizmat qiladilar. Birinchi 
turdagi kasblar bevosita xizmat turiga kiradi.
2. Texnik jihozlar, asbob-uskunalar bilan mehnat qilinadigan kasblar 
«Inson + texnika». Bu turdagi kasblarga qiziqqan yoshlar fizika, ximiya, 
elektrotexnika sohalari bo‗yicha laboratoriya amaliyotlarini o‗tkazishni xush 
ko‗radilar. Har xil modellar tuzish, loyihalash, oilada maishiy texnika 
asboblarini ta‘mirlashga ishqiboz bo‗ladilar.


3. O‗smirlar va hayvonot dunyosi bilan bog‗liq sohalar. «Inson + tabiat». 
Bu turdagi kasblarga qiziqqan bolalar tabiat bag‗rida bo‗lishni sevishadi. Turli 
jonivorlar boqishni, ekinlarni parvarish qilishni yoqtirishadilar. Botanika, 
biologiya, zoologiya fanlarini havas bilan o‗rganishadi.
4. Belgilar tizimi, turli ramzlar bilan bog‗liq sohalar. «Inson + ramzlar». 
Bu turdagi kasblar ishqibozlari turli hisoblash ishlari, chizmalar chizish, 
kartografiklar tuzish, obrazlar, ramzlar vositasida mulohaza qilish maylida 
bo‗lishadi. Atrofni ko‗zatishni sevishadi, turli tarqoq ma‘lumotlarni bir tartibga 
keltirishga intilishadi.
5. Badiiy obrazlar bilan ish ko‗radigan sohalar. «Inson + badiiy obrazlar». 
Badiiy obrazlar bilan ish ko‗radigan soha ishqibozlari xayolparastroq bo‗lishadi. 
Rasm chizish, turli jihozlash ishlari, raqsni yaxshi ko‗radilar.
Kasbiy ma‘rifat ta‘limi tizimida mehnat qilayotgan pedagoglar 
bolalarda ana shu besh turdan qaysi biriga qiziqish yoki mayllari borligini 
aniqlab, ularni rivojlantirib borishlari kerak. Mayl va qiziqishlarni 
shakllantirishda sinfdan tashqari ishlar, muzeylar, hayvonot bog‗i, botanika 
bog‗i, korxonalarga, tabiat bag‗riga sayohatlar uyushtirish ham samarali natijalar 
beradi. O‗quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg‗otish, ularni 
shakllantirish hamda o‗stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilsa kutilgan 
natijalarga erishish mumkin. 
Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik 
qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida 
shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog‘liq degan qarashlardan farqli 
ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning 
funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi 
bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko‘rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni 
turli darajada o‘zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy 
shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o‘tilgan. Malakali kadrlar tayyorlash 
tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish 
sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o‘z 


imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy 
faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu 
muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli 
sifatli ta‘limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. Bu 
muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya 
doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy shakllanish 
jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning 
ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga 
yo‘naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib 
ko‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida 
yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. Shaxsning kasbiy shakllanishi masalasi 
ko‘pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan. Bu inson taraqqiyotida tez-tez 
uchraydigan jarayondir. Ko‘pincha mutaxassis shaxsining to‘la taqlil qilish 
tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo‘li bosqichi 
bilan muvofiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun vaqt doirasida qatiy 
chegaralanib qoladi. Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy 
shakllanishini o‘rganishda insonning imkoniyatlarini to‘liq ochib beruvchi 
sub‘ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy aloqalar tipiga ahamiyat berish 
muhimdir. Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik 
kabi kichik tiplarga bo‘linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi 
tipda sub‘ekt o‘zini ―topgan‖, o‘zida va faoliyatida o‘zini o‘zgartirishni 
hoxlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub‘ektning o‘zini o‘zi 
―qidirishi‖ bilan izohlanadi. Bu o‘tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki 
jamiyat) bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi. 
Garmonik aloqalar uchun sub‘ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo‘ladi, u 
sub‘ekt-predmet tartibi - rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu yerda inson 
―taraqqiyotning absolyut harakati holatida‖ bo‘ladi. Keyinchalik shaxsni kasbiy 
shakllanishi borasidagi qarashlarga S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo‘lib xizmat 
qildi. S.L.Rubinshteyn insonning hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni 
ajratib ko‘rsatgan. Birinchi usul - bu insondagi barcha munosabatlar to‘liq emas, 


balki alohida hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday 
munosabatda inson hayot sub‘ekti hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida 
ham bo‘lmaydi. Bu yerda hayotning o‘zi ―tabiiy jarayon sifatida‖ namoyon 
bo‘ladi, inson hayot tarzi bilan uni to‘ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni o‘rniga 
sub‘ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yerda axloq, beayblik, yomonlik qilmaslik, 
tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida namoyon bo‘ladi va shu bilan bir 
qatorda bu yerda yaxshilik va yomonlik o‘zaro bog‘liqdir. Bu usul insonning 
hayoti o‘zidan o‘zi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi xususiyat 
sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo‘lishi bilan 
bog‘liq bo‘lib, u ―hayotning bu uzluksiz jarayonini to‘xtatib qo‘yishi, uzib 
qo‘yishi mumkin va insonning g‘oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi. Inson 
g‘oyalar dunyosidan tashqaridagi pozisiyani egallaydi. ―Bunday refleksiyaning 
namoyon bo‘lishi hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog‘liqdir. 
S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqelikning yangi usuliga o‘tish 
imkoniyatini bog‘laydi. Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar 
asosida tiklash ikkinchi usulga o‘tish bilan yakunlanadi. Shu vaqtdan boshlab 
―ruhiy bo‘shliqqa, axloqiy skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa - yangi 
anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini qurishga yo‘l ochila boshlaydi‖. 
Sanab o‘tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, 
shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo‘q bo‘lgan vaziyatda qolganda o‘zining 
beqaror ―Men‖ tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu 
vaziyat ba‘zida ―o‘zini safarbar etish‖ holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni 
o‘zining namoyon bo‘lishiga ko‘ra o‘zini o‘zi safarbar etish deb nomlab 
bo‘lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni 
yo‘qotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot-
avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib 
chiqarmaydi. Hayotiy faoliyat modusi - bu insonning tashqi dunyo bilan o‘zaro 
hamkorligini, inson turmush tarzi qanday tuzilganligini aniqlab beruvchi 
ko‘pgina munosabatlarning o‘zaro bog‘liqligini to‘liq xarakteridir. hayotiy 
faoliyat modusi faqatgina inson turmush tarzini turli voqeliklarga munosabatini 


ifodalab qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham 
faollashtiradi. Uning ta‘sir ostida shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va 
boshqalar shakllanib boradi. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi munosabatlar 
tizimi haqidagi tushunchalarning mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan.
Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi shaxs munosabatlari tizimi 
Shaxs munosabatlari 
Egalik qilish modusi 
Ijtimoiy 
intilishlar 
modusi 
Xizmat qilish modusi O‘ziga munosabat 
Boshqalarga munosabat Ishga munosabat 
Jangari, 
‗changalzor 
qonunlari‖ asosida yashovchi. Ishbilarmon: ―sen-menga, men-senga‖. 
Tartibli. 
Muqitga bog‘liqlik, ―qurbon‖ tamoyili. Qizqanchiqlik, 
raqobat, antogonizm. ―Ko‘z bo‘yamachilik‖. 
Taqdir 
va 
yaratganning 
irodasi. 
Muhabbat. Mas‘uliyat, ijodkorlik. Egalik qilish modusida predmet yoki 
boshqa insonlarga egalik qilish nazarda tutiladi. Bu tip ehtiyojlari muayyan bir 
davr ehtiyojlari bilan hamohangdir. Ular kamchilik, yetishmovchilik sifatida 
yuzaga keladi. Nimagadir yoki kimgadir egalik qilish ehtiyoji inson 
ehtiyojlarining begonalashgan shaklidir. Bu modusda individga tegishli 
bo‘lmagan barcha narsalar ular tomonidan vosita darajasigacha ko‘tariladi. 
Kasbiy faoliyat san‘at darajasigacha ko‘tariladi va shaxsning zaruriy ishtiroki 
natijasiga ko‘ra predmetli yoki to‘liq predmetli ko‘rinishlarga ajratiladi. Shunga 
muvofiq tarzda, hech qanday faoliyat motivga ega emas, chunki hech qanday 
motivning o‘zi yo‘q, faqatgina muayyan faoliyatga egalik qila olinsa bo‘ldi.Bu 
bosqichda ham boshqalar singari ikkita chiziqni ajratib ko‘rsatish mumkin, 
ulardan biri kasbni endi o‘zlashtirayotgan insonlarga xosdir. Bu shunday holatki, 
bunda shaxs muayyan bir bosqichni bosib o‘tgan, lekin yuqoriroq darajaga 
erishmagan. Birinchi chiziq o‘zining natijasiga ko‘ra ikkita imkoniyatga ega. 
Ulardan biri - bu keyingi bosqichga (ijtimoiy intilishlar modusiga) o‘tish. 
Ikkinchisi - bu bosqichda izlanish va ‗to‘xtab qolish‖dan bosh tortishdir. 
Shaxsning kasbiy shakllanishini boshqa vektori inson allaqachon o‘zini 
―topganligi‖, uning o‘zini va o‘z faoliyatini o‘zgartirishni istamasligi bilan 


yakunlanadi. Shaxs faoliyatga nisbatan o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi vosita 
sifatida qaraydi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin