SHaxsga taalluqli bo‗lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi,
ijtimoiy ta‘sirlarni o‗z ongi va idroki bilan qabul qilib (ob‘ektni), so‗ngra shu
ta‘sirlarning sub‘ekti sifatida faoliyat ko‗rsatadi.
Oddiy qilib aytganda, inson
bolasi ilk yoshlikdanok «mening hayotim», «bizning dunyo» degan ijtimoiy
muhitga tushadi. Bu muhit o‗sha biz bilgan va
har kuni his qiladigan siyosat,
huquq, axloq olamidir. Bu muhit - kelishuvlar, tortishuvlar,
hamkorliklar,
an‘analar, udumlar, turli xil tillar olami bo‗lib, undagi ko‗plab qoidalarga
ko‗pchilik mutloq qo‗shiladi, ba‘zilar qisman qo‗shiladi. Bu shunday qoidalar va
normalar olamiki, ularga bo‗ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi,
ta‘qiblanadi. SHulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan
barcha tartib - qoidalarni qabul qiluvchi sub‘ekt bo‗lsa,
jamiyat - ijtimoiy intizom
va tartibning, madaniyatning mufassal ko‘rinishidir.
SHaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta‘sir qiladi: siyosiy,
mafkuraviy, iqtisodiy, ma‘naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta‘sirotlar mohiyatan
aslida jamiyat a‘zolari bo‗lmish shaxslar o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlarning
ayrim alohida yo‗nalishlarini belgilab beradi.
Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari
shakllanishida katta rol o‗ynaydi. Masalan, bosqichma - bosqich bozor
munosabatlariga o‗tayotgan O‗zbekiston sharoitini oladigan bo‗lsak,
yangicha
iqtisodiy o‗zgarishlar, bozor, raqobat, legalizatsiya va shunga o‗xshash
yangiliklar har bir shaxsning moddiy boyliklar va ularga bo‗lgan shaxsiy
munosabatlarida aks etib,
uning iqtisodiy ongi, tafakkuri va iqtisodiy xulqi
normalarini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: