Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

 
Kasbiy saralashda shaxslarning anotomik xususiyatlarini hisobga olish.
Kasb tanlashda o‗quvchilar qobiliyatlaridan tashqari salomatlik holatini 
ham hisobga olishlari zarur, chunki kasb tanlovchilarning barchasi ham 
sog‗liklarini e‘tiborga olgan holda kasbni to‗g‗ri tanlaydi deb bo‗lmaydi. 
To‗g‗ri, batafsil tavsiyalarni tegishli tekshiruvlardan so‗ng vrach beradi, 
lekin dastlabki cheklovlarni (agar ular mavjud bo‗lsa) tanlovchining o‗zi 
belgilashi lozim. Bu undan qandaydir maxsus bilimlarni talab qilmaydi, chunki, 


ko‗pchilik asosiy qarshi ko‗rsatgichlar organizm anomaliyasining (normadan 
chetga chiqish) to‗rt guruhi bilan belgilanadi: 
A. 
Skelet 
mushak 
apparati 
anomaliyalari-skelet, 
bo‗g‗imlar, 
umurtqaning jarohatlanishi yoki kasalligi, muskullar kamchiligi bor bo‗lgan 
o‗quvchilar uchun quyidagi kasblarni tanlashlari tavsiya etilmaydi 
Ko‗plab jismoniy energiyani, uzoq vaqt oyoqda turishni, tez-tez 
engashib turishni talab qiladigan kasblar (yukchi, g‗isht teruvchi, stanokchi, 
temirchi, metallurgiya ishlab chiqarishdagi bir qator kasblar va boshqalar) 
B. Sezgi organlari (ko‗rish, eshitish, hid bilish, ta‘m bilish) da kamchiligi 
bor o‗quvchilar uchun quyidagi kasblar tavsiya etilmaydi.
Xaydovchilik mutaxassisligining barcha turlari, mayda detallar bilan 
ishlash, oziq-ovqat, parfyumeriya sanoatining qator kasblari, oshpaz, degustator 
(mazasiga qarab ta‘m bilish) va boshqalar 
V. Asab tizimining buzilishi – bosh aylanishi, qo‗lning qaltirashi kabi 
kasalliklarga chalingan o‗quvchilar uchun quyidagi kasblar tavsiya etilmaydi. 
Balandlikda (montajchi, minorali kran mashinisti,va h.k.z.) transportda 
ishlash bilan bog‗liq kasblar (yig‗uvchi, soatsoz, zargar, va boshqalar) tavsiya 
etilmaydi 
G. Ichki organlar-yurak-tomir va nafas tizimi kasalliklariga 
chalinganlar uchun quyidagi kasblar tavsiya etilmaydi: 
CHanglangan, gazlangan muhitda, havoning siyrakligi muhitida yoki 
uning teskarisi bo‗lgan yuqori atmosfera bosimi ostida, yoki yuqori harorat 
sharoitlari bilan bog‗liq kasblar va boshqalar. 
SHunday qilib, kasb tanlashda yana bir qadam-bu o‗zining qobiliyatlari va 
sog‗lig‗iga baho berishdir. Bunda ushbu baholashning zarur, lekin etarli 
bo‗lmagan muolaja ekanligini inobatga olish lozim. 
Har qanday kasb jamiyat uchun muhim, ishlayotgan kishilar uchun
sharafli bo‗lib, ularning mehnatga talabini qanoatlantirishi mumkin. Ularga 
bo‗lgan munosabatlardagi farqlar jamiyat bahosi, ularning obro‗yi, yoshlarning 
shaxsiy manfaati, istagi va mayli bilan izohlanadi. Bularning barchasi esa 


ijtimoiy muhit va o‗z qobiliyatiga o‗zi baho berish natijasida vujudga keladi. U 
yoki bu kasbga bo‗lgan iste‘dodlarini, orzu, mayl va istaklarini o‗quvchilarda 
oldindan uyg‗otish va har tomonlama rag‗batlantirish zarur. Umumiy ma‘lumot 
darajasiga qiziqishni uyg‗otish bilangina chegaralanmaslik kerak.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin