Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya


Pedagogik faoliyatning tashkil etilishi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/77
tarix21.05.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#118556
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77
Yunusxodjaev zoir shokirovich kasbiy psixologiya

 
Pedagogik faoliyatning tashkil etilishi 
Mutaxassis (bakalavr, magistr, doktor) istagan ko‗rinishdagi o‗quv yurtida 
pedagog sifatida ishlashi uchun albatta bir yil o‗qib pedagogik faoliyat 
ko‗rsatish huquqini olishi kerak. Bu o‗qish universitetlarning pedagogik 
fakultetlarida, pedagogik kollej va markazlarda amalga oshiriladi. 
Pedagoglarning malaka oshirishi ikki toifaga bo‗linadi. 


1. Pedagogik ish og‗ir hisoblanganligi uchun tayyorlov sinfi 
pedagoglaridan tortib universitet professorlarigacha olti yil ishlagandan so‗ng 
dam olish, o‗zining professional va pedogogik malakasini oshirish va birorta 
xobbi bilan shug‗illanish uchun bir yil to‗liq ish xaqi saqlangan holda ishdan 
ozod qilinadi, ya‘ni sabatiklga chiqadi (AQSH sistemasi). Bu vaqtda u boshqa 
joyda ishlashga haqqi yo‗q. Pedagog sabatikl davrida albatta malakasini oshirish 
uchun kurslar eshitadi, individual va guruhlarda maslahatlar oladi
kutubxanalarda va Internet to‗rida mustaqil ravishda malakasini oshiradi.
2. Universitet professorlaridan tashqari barcha toifadagi o‗quv yurtlarining 
pedagoglari joriy malaka oshirishlardan o‗tib turishi kerak. Buning uchun xafta 
metodik kun beriladi. Metodik kunda malaka oshirish uchun 2 soatga ekvivalent 
qo‗shimcha xaq to‗lanadi. Bu kunda u o‗zining professional va pedagogik 
malakasini oshirish uchun kurslarga qatnashi kerak. Kurslarga har xafta yoki 
soatlar (mablag‗) yig‗ilganda birdaniga qatnashi mumkin. Kurslar natijasida 
pedagog kredit to‗playdi. Minimal kredit yoki kredit birligi 112 soatga teng. 
Pedagog 112 soatlik kreditlardan ikkitasini yiqqandan so‗ng malaka oshirgan 
hisoblanib, maoshiga 1,6 % qo‗shiladi. Bu jarayon o‗suvchi koeffitsient bilan 
uzluksiz davom etadi va maoshni 30 % gacha oshishiga imkon beradi. 
Malaka oshirish uchun imkoniyatlar juda katta bo‗lib, u malakali 
mutaxassislar, texnika resurslari va moliyaviy jihatdan ta‘minlangan.
Ta‘limga, ajratilgan mablag‗lar juda katta bo‗lib, davlat byudjetining 11 % 
va munitsipialitetlarning 40% gacha byudjetini tashkil qiladi. Bundan tashqari 
chet ellardagi homiylar
CHet el ta‘lim texnologiyalarini o‗rganish, ularni tanqidiy tahlil qilish va 
ular bilan o‗z tajribalarimizni boyitish «Ta‘lim to‗g‗risida»gi qonunni va 
«Kadrlar tayyorlash bo‗yicha milliy dastur»ni amalga oshirishda o‗ta muhimdir. 
Jahonning etakchi mamlakatlarida o‗quvchilarni kasbga yo‗naltirish doimiy 
tadbir sifatida e‘tirof etiladi va maxsus fan sifatida o‗quv yurtlarida o‗qitiladi. 
Lekin kasbiy faoliyatga yo‗llash tizimi hozircha etarli darajada samara 
berayotgani yo‗q. Buning asosiy sababi tizim tarkibidagi nuqsonlar bo‗lmay, 


balki o‗quvchilarni kasbga yo‗naltirishning ijtimoiy determinizatsiyasidir. 
Masalan, Fransiyada asli kelib chiqishi ziyoli bo‗lgan shaxslar odatda 
farzandlarining umumiy ta‘lim litseyida ta‘lim olishini ma‘qul deb bilishadi
ishchi yoki xizmatchilarning farzandlari esa texnologik va kasbiy yo‗nalishdagi 
litseylarda ta‘lim oladilar. 
Dunyodagi mavjud maktablarda kasbiy yo‗naltirishni tashkil etishda yangi 
ijtimoiy voqeliklar inobatga olinadi, o‗quvchi shaxsining samarali rivojlanishini 
ta‘minlovchi yo‗llar izlanadi. Kasbga yo‗naltirish jarayonida nafaqat o‗quvchilar 
bilimni boyitish, balki eng avvalo mushohada qila olish qobiliyati va tanqidiy 
qarashlarga ega bo‗lgan shaxsni shakllantirishga alohida ahamiyat berilishi 
lozimligi e‘tirof etilmoqda. Kasbga yo‗naltirish jarayonida ommaviy axborot 
vositalari faol ishtirok etmoqdalar. Ular vositasida o‗quvchilarga doimiy 
ravishda kasblar va ularning o‗ziga xos jihatlari to‗g‗risida materiallar etkazib 
beriladi. Tadbirkorlar ham o‗quvchilarni kasbga yo‗llashga katta qiziqish bilan 
qaraydilar va xususiy tadbirkorlar maktab o‗quvchilarini turli xil faoliyatlarga 
yo‗llash ishida ta‘lim muassasalariga o‗zlaricha yordam beradilar. Masalan, 
AQSHda «Ish yuzasidan hamkorlik», «Maktabni o‗z qaramog‗iga olish» nomli 
dasturlar g‗oyalariga ko‗ra, ishbilarmonlar o‗quvchilarga muayyan kasbiy 
faoliyat yo‗nalishini tanlashda yordam beradilar, bir qator maktablarda faoliyat 
olib boruvchi kasb faoliyatiga yo‗naltiruvchi mutaxassislarga mablag‗ 
ajratadilar, o‗quvchilarning ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlarini tashkil 
etib, ularni ma‘lum kasb yoki faoliyat mazmuni bilan tanishtiradilar. Italiyalik 
ishbilarmonlarning vakillari ham bu borada ijobiy ishlarni amalga 
oshirmoqdalar. Masalan, «Lombardiyaning omonat kassalari» 14-15 yoshli 
o‗quvchilar uchun iqtisodiy o‗yinlar tashkil etadi. O‗yinlar ishtirokchilari ishlab 
chiqarish jarayonini tahlil qilish, byudjetni yaratish, kredit, marketing qilishni 
o‗rganadilar. Natijada ular ishlab chiqarishning zamonaviy sohalari bo‗yicha 
bilimlarga ega bo‗ladilar. O‗yin g‗oliblariga qimmatbaho sovg‗alar 
topshiriladi.


Angliyada maktab va ishlab chiqarish korxonalari o‗rtasidagi hamkorlikka 
1987 yilda «London Kompekt» loyihasi g‗oyasiga ko‗ra asos solingan. 
Loyihaning maqsadi o‗quvchilarga ularning imkoniyat va qobiliyatlariga mos 
mutaxassislik asoslarini o‗zlashtirish hamda ularning ish o‗rinlari bilan 
ta‘minlanishlariga ko‗maklashishdan iboratdir. Ushbu loyiha asosida tashkil 
etiladigan ta‘lim jarayonida 14-16 yoshli o‗quvchilardan o‗quv fanlari va 
mutaxassislik asoslarini qoniqarli o‗zlashtirish va ikki haftalik amaliyotni o‗tish 
talab etiladi. O‗quvchilar ma‘lumotlarni yig‗adilar. Masalan, YAponiya 
zavodlari qoshida tashkil etilgan sifat to‗garaklarining faoliyati ushbu fikrni 
tasdiqlaydi. To‗garaklarda o‗rta maktab bitiruvchilari ishlaydilar, ularning 
kasbga to‗g‗ri yo‗naltirilganligi ishlab chiqarish sifatini yuqori darajaga 
ko‗tarish uchun xizmat qiladi. 
AQSHda kasbga yo‗naltirish o‗quvchilarning kasblar bo‗yicha 
axborotlarga ega bo‗lishni ta‘minlash, kelajakda maqbul kasbni tanlab, ishga 
kirishlariga yordam berishdan iboratdir. O‗quvchilar turli mutaxassisliklar 
mazmuni bilan tanishib, mehnat o‗qituvchilaridan maslahat oladilar. Kasbga 
yo‗naltirishda «Gaydens» psixologik – pedagogik xizmatining yo‗lga qo‗yilishi 
muhim o‗rin tutadi. 
Xizmat tarkibiga sotsiolog, psixolog, o‗qituvchi, huquqshunos, shifokor va 
maktabning boshqa xodimlari kiradi. Ushbu xizmat o‗quvchilarning atrofdagi 
ijtimoiy muhitda o‗z o‗rnini egallashlariga ko‗maklashadi. «Gaydens» xizmati 
o‗quvchilarda qanday sifatlarni rag‗batlantirish va rivojlantirish kerak, nimalarni 
yaxshilash kerakligini aniqlash uchun har bir o‗quvchining shaxsi haqida to‗liq 
ma‘lumotga ega bo‗lishi shart. Bunday ma‘lumotlar «Gaydens»ga o‗quvchilar 
uchun maslahatlar berish imkonini beradi. 
Kanadada xalq xo‗jaligining 22 tarmog‗i bo‗yicha 315 kasb guruhlariga 
jamlangan mutaxassisliklar yuzasidan dastur mavjud bo‗lib, shu asosida yoshlar 
kasb tanlaydilar. 
Rossiyada yoshlarni kasbga yo‗llash ishlari mehnat va xalq ta‘limi tizimiga 
bo‗ysinadi.


Angliya maktablarida kasbga yo‗naltirish o‗quv jarayonining maxsus 
qismidir. O‗rta o‗quv muassasalarida asosiy ishni kasbga yo‗naltiruvchi 
mutaxassislar bajaradilar. Ular o‗quvchilarga o‗z qobiliyatlari va qiziqishlariga 
mos ta‘lim yo‗nalishini tanlash ishida yordam beradi. Kasbga yo‗naltiruvchi 
xizmatlari bilan mustahkam aloqada bo‗ladilar. Ular biror kasb egasiga 
qo‗yiladigan talablarni guruhlashlari va maktab bitiruvchilarining kasbiy 
imkoniyatlarini 
to‗g‗ri 
baholashlari 
kerak. 
Kasbga 
yo‗naltiruvchi 
o‗qituvchilardan o‗quvchilarga individual yondashuv talab etiladi. Bunday 
yondashuvni ta‘minlash uchun o‗qituvchilar har bir o‗quvchi uchun shaxsiy 
ma‘lumotnoma yuritadilar, unga doimiy ravishda o‗quvchining o‗zlashtirishi, 
umumiy va jismoniy rivojlanish sharoitlari haqidagi ma‘lumotlar kiritib boriladi. 
Bundan tashqari ma‘lumotnomada anketa, test, suhbat natijalari ham o‗z 
ifodasini topadi. O‗quvchilar shaxsini o‗rganishda mustaqil tavsiyalar metodi, 
ya‘ni o‗smir va uning hayot borasidagi o‗y-fikrlariga tayaniladi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin