Andijon mashinasozlik instituti elektrotexnika fakulteti elektr energetika 04.23guruh talabasi Abdulhamidov Saidjonning Amaliy matematika fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Yuqori tartibli hosilalar. Oshkormas va yuqori koʻrinishdagi yuqori tartibli hosilalar.
Tayorladi: Abdullhamidov Saidjon
REJA
Yuqori tartibli hosila tushunchasi.
Yuqori tartibli hosilaning asosiy xossalari.
Oshkormas funksiya va uni differentsiallash.
1. Xossa. Agar u(x) va v(x) funksiyalar n-tartibli hosilalarga ega bo‘lsa, u holda bu ikki funksiya yig‘indisining n -
tartibli hosilasi uchun (u(x)+ v(x))(n)= u(n)(x)+ v(n)(x)
formula o‘rinli bo‘ladi.
Isboti. Aytaylik y=u+v bo‘lsin. Bu funksiyaning hosilalarini ketma-ket hisoblash natijasida quyidagilarni hosil qilamiz: y’=u’+v’, y’’=(y’)’=( u’+v’)’=u’’+v’’.
Matematik induksiya metodidan foydalanamiz, ya’ni n=k
tartibli hosila uchun y(k)=u(k)+v(k) tenglik o‘rinli bo‘lsin deb faraz qilamiz va n=k+1 uchun y(k+1)=u(k+1)+v(k+1) ekanligini ko‘rsatamiz.
Haqiqatan ham, yuqori tartibli hosilaning ta’rifi, hosilaga
ega bo‘lgan funksiyalar xossalaridan foydalanib y(k+1)= (y(k))’=(u(k)+v(k))’= =(u(k))’+(v(k))’= u(k+1)+v(k+1) ekanligini topamiz.
Matematik induksiya prinsipiga ko‘ra y(n)=u(n)+v(n) tenglik
ixtiyoriy natural n uchun o‘rinli deb xulosa chiqaramiz.
2.xossa. O‘zgarmas ko‘paytuvchini n-tartibli hosila belgisi oldiga chiqarish mumkin: (Cu)(n)=Cu(n).
Bu xossa ham matematik induksiya metodidan foydalanib isbotlanadi.
2. Ikkinchi tartibli hosilaning mexanik ma’nosi. Ikkinchi tartibli hosila sodda mexanik ma’noga ega. Faraz qilaylik moddiy nuqtaning harakat qonuni s=s(t) funksiya bilan aniqlangan bo‘lsin. U holda uning birinchi tartibli hosilasi v(t)=s’(t) harakat tezligini ifodalashi bizga ma’lum.
Ikkinchi tartibli a=v’(t)=s’’(t) hosila esa harakat tezligining o‘zgarish tezligi, ya’ni harakat tezlanishini ifodalaydi.
Misol. Moddiy nuqta s=5t2+3t+12 (s metrlarda, t sekundlarda berilgan) qonun bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qilmoqda. Uning o‘zgarmas kuch ta’sirida harakat qilishini ko‘rsating.
Yechish. s’=(5t2+3t+12)’=10t+3; s’’=(10t+3)’=10, bundan a=10m/s2 bo‘lib, harakat tezlanishi o‘zgarmas ekan. Nьyuton qonuni bo‘yicha kuch tezlanishga proportsional. Demak, kuch ham o‘zgarmas ekan.
Oshkormas funksiya va uni differentsiallash x va y o’zgaruvchilar yordamida funksiona bog’lanish biror F(x,y)=0(*) formula bilan berilgan bo’lsin.
Agar biror (a,b) oraliqda aniqlangan biror y=f(x) funksiya (*) tenglamani qanoatlantirsa, ya’ni uni ayniyatga aylantirsa, u holda y=f(x) funksiya (*) tenglik bilan aniqlangan oshkormas funksiya deyiladi. Oshkormas funksiya hosilasini uni oshkor holga keltirmasdan turib toppish mumkin.