Odamning elektr tokidan shikastlanishi natijasida nafas olishi va yurak faoliyati to‘xtab qolgan boisa, avval shikastlangan odamni elektr toki ta'siridan qutqarish zarur. Tezgina rubilnikni ajratish, elektr probka-larini chiqarib olish, simni olib tashlash kerak. Ayni vaqtda shikastlangan odam tok ta'siridan xalos qilinmagan bo‘lsa, uning o‘zi elektr o‘tkazgich bo‘lib turishini va rezinka qoiqop kiyib olinganidan keyingina unga qoi tekkizish mumkinligini esda tutish kerak, badaniga tegib turgan sim quruq tayoq bilan olib tashlanadi.
Shikastlangan odamning siqib turgan kiyimlarini bo‘shatgandan keyin darhol unga suniy nafas oldirib. yuragini bilvosita uqalashga kirishiladi. Yurak faoliyati bilan nafas olishi asliga kelganidan keyin shikastlangan odamning badanini isitish choralari ko‘riladi. Jarohatlari va kuygan joylariga steril bog‘lamlar qo‘yilad.
Yurakni sun’iy massaj qilish Yurak to‘xtaganda o‘tkaziladigan reanimatsion tadbirlar yurakni tashqi massaj qilish va sun’iy nafas oldirish bo‘lib, bular bir vaqtda bajariladi.Yurakni tashqi uqalash tush suyagining pastki 1|3 qismi kaft bilan faol bosiladi. .Bunda yurak tush suyagi va umurtqa pog‘onasi oralig‘ida qisiladi va ma’lum miqdordagi yurakdagi qon tomirga haydaladi. Bunday harakat minutiga 50-70 marta takrorlanadi va muolaja tekis qattiq joyda bemorni chalqancha yotqizilgan holatda o‘tkaziladi. Yurakni tashqi massaj qilish qo‘yidagicha ijobiy belgilari bilan aniqlanadi:
uyqu arteriyasida tomir urushining paydo bo‘lishi.
Ko‘z qorachiqlarining torayishi.
yuz terisi, tirnoqlar va lablarning qizarishi
mustaqil nafas xarakatlarining paydo bo‘lishi
mushaklar tonusining paydo bo‘lishi.
Yurakni bilvosita massaj ( yopiq) qilish. Bu usulning ahamihiyati shundaki, yurakning tush suyagi bilan umurtqa pog‘onasi o‘rtasida qisilish natijasida katta va kichik qon aylanish doirasining yirik tomirlariga qon haydaladi va shu tariqa qon aylanish va hayotiy muhim a’zolar funksiyasi sun’iy ravishda quvvatlanib turiladi.Bemor qattiq o‘ringa chalqancha yotqiziladi , bir qo‘l kafti tush suyagining pastki 1\3 qismiga , ikkinchi kaft birinchisining ustiga qo‘yiladi, qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida yozilgan bo‘lishi kerak, sungra yordam kursatayotgan odam tushni turtkisimon bosib uni umurtqa pog‘onasi yo‘nalishi bo‘yicha 3-5 sm.ga siljitishga,shu vaziyatda taxminan 1,2sekund.kutib turishga sungra qo‘llarni tushdan olmasdan turib, ularni tez bushatishga harakat qiladi .