Yurak-o’pka reanimatsiyasi (qayta jonlantirish)ni o’tkazish qoidasi. 1.Terminal holatlar, klinik o‘lim holati
Kallistov usuli bilan sun'iy naias oldirish.
Yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazish.
Yurak faoliyati to‘satdan to‘xtab, odam nafas olmay qolgan mahalda klinik o‘lim holati boshlanadi. Yurakni darrov bilvosita uqalash va sun'iy nafas oldirishga kirishiladigan bo‘lsa, bir qancha hollarda odamni qutqa-rib qolish mumkin bo‘ladi. Odam elektr tokidan zararlanganida. suv-ga cho‘kkanida va nafas yo‘llari bosilib yoki tiqilib qolgan boshqa bir qancha hollarda yurak faoliyati birdan to‘xtab qolishi mumkin. Bunda sun'iy nafas oldirish uchun o‘pkaga havo yuborishga imkon beradigan maxsus apparatlardan foydalanish hammadan ko‘ra ko"proq naf beradi. Ana shunday apparatlar bo‘Imagan taqdirda har xil usullar bilan sun’iynafas oldiriladi, masalan. «og‘izdan og‘izga» nafas berish usuli. Sun'iy nafas oldirishga kirishishdan avval shikastlangan odamni chalqancha yotqizib, havo o‘tkazuvchi yo‘Ilari havo o‘tishi uchun ochiq turganiga ishonch hosil qilish kerak, buning uchun uning boshini imkoni boricha ko‘proq orqaga engashtirib qo‘yiladi. Jag‘Iari qisilib qolgan bo"lsa. paslki jag‘ini oldinga tortib engagiga bosish, og‘zini ochish. so‘ngra salfetka bilan og‘iz bo‘shlig‘ini so‘lak yoki quruq massalardan tozalab olish va sun'iy nafas oldirishga kirishish: shikastlangan odamning ochiq turgan og‘ziga bir qavat salfetka (dastro‘mol) qo‘yib. burnini qisish, chuqur na-fas olib, lablarni shikastlangan odam lablariga mahkam taqash va ger-metik qilib turib. kuch bilan uning og"ziga havo puflab kiritish kerak Havoni puflab kiritilganida har safar u o‘pkani imkoni boricha ko‘proq rostlaydigan miqdcrda qilib puflash kerak bo‘ladi. ko‘krak qafasining ha-rakitiga qarab buni bilish mumkin. Kam havo puflab kiritiladigan bo‘lsa, bunday sun'iy nalas naf bermaydi. Havoni tabiiy nafas tiklanguncha, bir daqiqada 16-18 martadan bir maromda puflab yuborib turiladi. Shikast-langan odamning pastki jag‘i yaralangan bo‘Isa, sun'iy nafasni boshqa usu! bilan oldirish mumkin.bunda havo shikastlangan odamning burnidan puflab kiritiladi