SUN`IY NAFAS BERISH USULLARI nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash, nafas - tovush boylamlarininig spazmi, nafas yo‘llariga qusuq massasininig tiqilishi, intubatsion naychaninig buralib ketishi ,tilning halqumga ketib qolishi va shu kabilar oqibatida nafas faoliyati to‘xtashi mumkin.
Nafas yo‘llari to‘liq yoki qisman bekilishi mumkin. Behush holatda yotgan odamda nafas yo‘llari erkin o‘tkazuvchanligini tiklash uchun tez va izchillik bilan qo‘yidagi tadbirlarin o‘tkaaizsh zarur:
1) Bemorni qattiq yuzaga chalqancha yotqizish.
2) boshini orqaga engashtirish.
3) Pastki jag‘ini oldinga va yuqori surish va og‘zini ochish.
4) Og‘iz va tomoqni shilimshiq va boshqalardan tozalash.
5) bemorni og‘ziga havo yuborib, kukrak qafasi ekskursiyasi va nafas chiqarishni kuzatib turish mumkin.
Og‘izdan- og‘izga yoki og‘izdan-burunga nafas berish usuli nafas oldirishninig eng ta`sirchan va oddiy usulidir.Bemor boshini orqaga ko‘proq engashtirib, chalqancha yotqiziladi. Buning uchun bemorning kuraklari ostiga bolishga o‘xshatib yumoloqlangan adyol qo‘yiladi. Bemorninig burni barmoqlar bilan qisiladi, Og‘ziga doka yoki ro‘molcha yopiladi va chuqur nafas olib havo bemorninig og‘ziga puflanadi. Nafas chiqarish susut bo‘ladi, bir minutda taxminan 12-16 marta puflanadi. Bemorning jag‘lari mahkam qisilgan hollarda og‘izdan burunga sun`iy nafas oldirish ususli foydali hisoblanadi.Bu maqsadda bir qo‘l bilan bemorninig boshi manglayidan orqaga engashtiriladi. 2-qo‘l bilan iyagidan ushlanadi va pastki jag‘i yuqoriga ko‘tarilib, og‘zi berkitiladi. So‘ngra chuqur nafas olib lablar bilan burnini qamrab olib jadallik bilan nafas puflanadi.