beriladi. Harbiy unvonlar askarlarga, matroslarga, serjantlarga, starshi- nalarga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi. Kichik va katta ofitserlar tarkibiga harbiy unvonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan tartib asosida beriladi. Qurolli Kuchlardagi Oliy harbiy unvon — Armiya generali bo‘lib, bu unvon urush davrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoniga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga beriladi. Yuridik, tibbiy yoxud veterinariya harbiy-hisob ixtisosiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarning harbiy unvonlariga mos ravishda «Adliya», «Òibbiy xizmat» yoxud «Veterinariya xizmati» so‘zlari qo‘yiladi. Masalan, tibbiy xizmat leytenanti, veterinariya xizmati kapitani, tibbiy xizmat general- mayori, adliya general-polkovnigi.
Rezervdagi, zaxiradagi yoki iste’fodagi fuqarolarning harbiy unvoniga tegishli «rezervdagi», «zaxiradagi» yoki «iste’fodagi» so‘zlari qo‘shiladi. Serjantlar harbiy unvoniga qo‘shin yoxud xizmat turlarining nomlanishi qo‘shilmaydi. Harbiy bilim yurtida tahsil olayotgan harbiy xizmatchilar, ofitserlar harbiy unvonga ega bo‘lmaganlar — kursantlar, harbiy unvonga ega bo‘lganlar esa tinglovchilar, deb nomlanadi. Harbiy bilim yurtiga kirgunga qadar, harbiy unvonga ega bo‘lmagan yoxud askar, matros harbiy unvoniga ega bo‘lgan fuqarolarga o‘qishga qabul qilish vaqtida «Kursant» harbiy unvoni beriladi. Harbiy bilim yurtiga kirgunga qadar berilgan harbiy unvonlar saqlanib qoladi. Harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim-kechak va farqlovchi nishonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Harbiy xiz-