sodiq qolishga, xalqiga fidoyilarcha xizmat qilishga O ‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi va hududiy butunligini matonat, mahorat bilan, so‘nggi tomchi qoni qolguncha, hatto hayotini ayamasdan himoya qilishga, harbiy burchni bajarishga; mamlakat Konstitutsiyasiga, harbiy nizomlarning talablarini bajarishga; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish vazifalarini bajarish bilan bog‘liq harbiy xizmat mashaqqatlariga sabot bilan chidashga; harbiy kasb bilimlarini muntazam egallashga, o‘z o‘quv askariy mahoratini takomillashtirishga; o‘ziga ishonib topshirilgan qurol-aslaha va harbiy texnikani bilishi, ishlatishda doimiy shaylikda saqlashga, harbiy mulkni asrashga; halol, intizomli, jasur bo‘lishga, harbiy burchni ijro etish chog‘ida oqilona tashabbuslar ko‘rsatishga; komandirlarga (boshliqlarga) so‘zsiz bo‘ysunish va ularni jangda himoya qilishga, har- biy qism jangovar bayrog‘ini qo‘riqlashga; askariy yurish-turish odobi qoidalariga rioya qilishga va harbiycha salom berishni bajarishga, har doim rusum bo‘yicha, ozoda va saranjom kiyinishga, vatanparvarlik ko‘rsatishga, xalqlarning baynalmilal do‘stligini qadrlashga, millatlar va elatlar o‘rtasida birodarlikni mustahkamlashga imkon yaratishga majburdir. Harbiy xizmatchi Vatanga xizmat qilish jarayonida oson yo‘lni axtar- masligi, o‘z vijdoni, boshliqlar va o‘rtoqlari o‘rtasida O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosiga zid bo‘lgan aldamchilik, yolg‘onchi yo‘llarni qo‘llashi jiddiy xatarlarni olib kelishi mumkin. Xalqning «Hayotda eng asosiysi — Vatanga halol xizmat qilish», «Vatanga xizmat qilish — muqaddas
burch» kabi dono iboralariga amal qilish lozim. Askarlarning o‘z komandirlarini qadrlashi harbiy birodarlikning eng oliy