Avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish Avtomat toza taxta yoki taglik ustida yoyiladi. Qism va mexa- nizmlar taxta ustiga ajratilgan holatda tartib bilan terib chiqiladi. Ular ehtiyotlik bilan ajratiladi, biri ikkinchisining ustiga qo‘yil- maydi. Shuningdek, ajratish mobaynida ortiqcha kuch va keskin zarbalar qo‘llanilmaydi.
Avtomatni yig‘ish mobaynida uning qismlaridagi raqamlar taqqoslab ko‘riladi. Har bir avtomatning gaz trubkasi, zatvor ramasi, zatvor, stvol qutisi qopqog‘i va boshqa qismlardagi raqam- lar stvol qutisida mavjud raqamlarga mos kelishi darkor.
Magazinni ajratish.
Chap qo‘l bilan avtomat qo‘ndog‘ining bo‘ynidan yoki stvol osti dastasidan tutib, o‘ng qo‘l bilan magazinni ushlash va bosh barmoq yordamida tortqini bosib turib, magazinning ostki qismini oldinga turtib, uni ajratib olinadi (95-rasm).
Shundan so‘ng, patrondonda patron yo‘q ekanligini tekshirib ko‘rish lozim. Buning uchun o‘tkazgichni pastga «AB» yoki «OD» holatiga keltirish, zatvor ramasining dastasini ortga tortish, patron qutisini ko‘rikdan o‘tkazish, zatvor ramasining dastasini qo‘yib yuborish va tepkini bosib, unijangovar holatdan xalos etish darkor.
Anjomlar penalini qo‘ndoq uyasidan chiqarish (96-rasm).
Nil asosidagi tayanch ostidan shompol boshchasini tortib turib, shompol sug‘urib olinadi. Shompolning ajralishi qiyin kechganda, anjomlar penali ichidagi chiqargichdan foydalanishga ruxsat beriladi, ya’ni chiqargich shompol boshchasidagi mavjud teshikchaga suqilib, shompol uchi stvoldan a’ atilib, sug‘urib olinadi (97-rasm).
Stvol qutisi qopqog‘ini ajratish.
Chap qo‘l bilan avtomat qo‘ndog‘ining bo‘ynidan tutgan holda o‘ng qo‘l bilan qaytaruvchi mexanizmining yo‘naltiruvchi ustuni- ni, uning tovoni stvol qutisidagi kesmalardan chiqquniga qadar oldinga turtish, yo‘naltiruvchi ustunning ortki uchini biroz ko‘tarib, qaytaruvchi mexanizmni zatvor ramasining kanali ichidan sug‘urib olish.
99-rasm. Qaytaruvchi mexanizmni ajratish.
Zatvor ramasini zatvor bilan birgalikda ajratib olish.
Zatvomi zatvor ramasidan ajratish.
Zatvor ramasini chap qo‘lga, zatvomi yuqoriga qaratib olish, o‘ng qo‘l bilan zatvomi ortga tortib, uning yetakchi bo‘rtmasini zatvor ramasining egri kesmalaridan chiqarish va zatvomi oldinga turtib, ajratish.
Stvol qoplamasi bilan birgalikdagi gaz trubkasini ajratish (100-rasm).