17
MUSTАQIL TАYYORLАNISH UCHUN VАZIFАLАR
Quyidagi muammoli vaziyat(kazus), mantiqiy va nazariy
savollarni mavzuga bog’lagan holda tahlil qiling.
MUАMMOLLI VАZIYAT(KАZUS)
1-topshiriq
Xitoy fuqarosi Li Van O’zbekiston Respublikasiga o’n kunlik
xizmat safariga kelib, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi turar
joylardan birini ijaraga olib yashay boshladi. Li Van o’zi istiqomat
qilayotgan turar joyning uchastka noziri V.Karimovga uchrashib, unga
o’zini tanishtirib, undan vaqtinchalik ro’yxatga olinishi kerak yoki
kerak emasligi to’g’risida so’radi. Bunga javoban uchastka noziri
V.Karimov Li Vanni ro’yxatga olish zarur emasligini va bu haqida
muayyan bir hujjat yo’qligini aytdi.
Dostları ilə paylaş: