Mazkur holatga huquqiy baho bering. 2-topshiriq Urug’chilik instituti ilmiy xodimi fuqaro А.Umidov o’z
tadqiqotlari natijasida o’simlikni suvsizlikka chidaydigan yangi navini
yaratishga muvaffaq bo’ldi. Fuqaro А.Umidov ushbu ixtiro(selektsiya
yutug’i)ga patent olish maqsadida barcha hujjatlarni Intelektual mulk
agentligiga taqdim qildi. Аgentlik А.Umidovga patent olish uchun
avval Qishloq xo’jaligi vazirligining xulosasini olishi lozimligini
aytdi. Mazkur holatga huquqiy baho bering. MАNTIQIY SАVOL Bugungi kunda ayrim davlatlarda “Ma’muriy huquq”ning
predmetiga ma’muriy javobgarlik ham kiritilishi nazarda tutiladi.
Ko’plab
rivojlangan
davlatlarda
ma’muriy
javobgarlik
tushunchasining o’zi mavjud emas. Lekin, mazkur davlatlarda
“Ma’muriy huquq” sohasi ancha rivojlanganligini kuzatish mumkin.
Mamlakatimizda ham aksariyat “Ma’muriy huquq” darsliklarida
ma’muriy javobgarlik bo’yicha alohida boblar ajratilgan. Sizningcha
ma’muriy javobgarlik “Ma’muriy huquq”ning predmeti doirasida
o’rganilishi lozimmi?