20
1) boshqaruv faoliyatining (boshqaruv harakatlarining) huquqiy
shakllari, ya’ni ma’lum bir yuridik mazmunga ega bo’lgan va yuridik
oqibatlarni keltirib chiqaradigan shakllar. Mazkur shakllar boshqaruv
organlari faoliyatining asosiy shakllari bo’lib, davlat vazifa va
funksiyalarini maqsadga muvofiq va samarali amalga oshirilishini
ta’minlaydi. Huquqiy shakllar o’z navbatida bir necha turlarga
bo’linadi:
huquqiy (normativ va individual) aktlarni qabul qilish;
ma’muriy huquqiy shartnomalarni tuzish;
yuridik ahamiyatli boshqa harakatlarni amalga oshirish;
2) boshqaruv faoliyatining (boshqaruv harakatlarining) nohuquqiy
shakllari, ya’ni boshqaruvning huquqiy shakllariga asoslanuvchi va
ularning amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi shakllar bo’lib, tashkiliy
va moddiy-texnik tadbirlar orqali namoyon bo’ladi.
Boshqaruvning huquqiy aktlari deganda nima tushuniladi?
Ma’muriy huquq nazariyasida boshqaruv huquqiy akti instituti
alohida ahamiyatga ega bo’lib, uning doirasida davlat boshqaruvining
eng muhim funksiyalari amalga oshiriladi. Tegishli davlat organlari va
mansabdor shaxslarning qarorlari va harakatlari qoida bo’yicha
normativ yoki normativ bo’lmagan huquqiy aktlar ko’rinishida
rasmiylashtiriladi.
Boshqaruvning huquqiy aktlari ommaviy boshqaruv oldida turgan
maqsad va vazifalarga erishish uchun boshqaruv harakatlarini amalga
oshirishning muhim huquqiy shakli sifatida namoyon bo’ladi.
Yodda tuting!
Boshqaruv akti bu boshqaruv qarorlarining huquqiy ko’rinishi
bo’lib, ma’muriy huquqning tegishli subyekti (ijro hokimiyati organi,
korxona va muassasa ma’muriyati, mansabdor shaxs) tomonidan bir
tomonlama tartibda erkni ifodalash aktidir; qonunchilikda ko’rsatilgan
shaklga ega bo’lgan va ijro hokimiyati sohasida vazifa va
Dostları ilə paylaş: