Yuridik kollejlari


  Boshqaruvning nohuquqiy shakllari nima?



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/156
tarix02.01.2022
ölçüsü1,86 Mb.
#47682
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

 

 Boshqaruvning nohuquqiy shakllari nima? 
Boshqaruv  faoliyatida  ijro  hokimiyati  organlari  yoki  mansabdor 
shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  barcha  harakatlarni  ham 
huquqiy  aktlarni  qabul  qilish  yoki  ma’muriy-huquqiy  shartnomalarni 
tuzishga (ya’ni huquqiy shakllarga) kiritish mumkin emas. Boshqaruv 
faoliyatida  amalga  oshiriladigan  ko’pdan-ko’p  harakatlar  (nohuquqiy 
shakllar)  mavjudki,  ular  huquqiy  shakllarning  amalga  oshirilishida 
xizmat qiladi.  
Boshqaruv  faoliyatining  nohuquqiy  shakllari  ijro  hokimiyati 
organlarining  davlat-hokimiyat  vakolatlarini  amalga  oshirish  bilan 
bog’liq  emas.  Bunday  shakllarni  qo’llash  yuridik  oqibatlarni  keltirib 
chiqarmaydi,  ma’muriy-huquqiy  munosabatlarni  vujudga  keltirmaydi 
yoki ularni o’zgartirmaydi. Shu sababli ham bu shakllar “nohuquqiy” 
deb  ataladi.  Nohuquqiy  shakl  huquqqa  (qonunga)  xilof  shakl  degani 
emas,  balki  biron-bir  huquqiy  oqibatni  keltirib  chiqarmaydigan 
shakllardir.
 
Boshqaruv  faoliyati  (harakatlari)ning  nohuquqiy  shakllari  misollar 
bilan: 
1) tashkiliy  harakatlar  yoki  tadbirlarni  amalga  oshirish  (masalan, 
majlislar o’tkazish, ilg’or va namunali tajribani, boshqaruvning salbiy 
holatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni tarqatish); uslubiy ko’rsatmalarni 


23
 
tayyorlash;  joylarda  ijrochilarga  ko’maklashish  va  boshqalardan 
iborat.  
Tashkiliy harakatlar yoki tadbirlar boshqaruv faoliyati jarayonida 
qo’llanilib, 
huquqiy 
munosabatlarni 
vujudga 
keltirmaydi, 
o’zgartirmaydi  yoki  bekor  qilmaydi.  Ular  boshqaruv  funksiyalarini 
amalga oshirmaydi. 
2) moddiy-texnik  harakatlar,  ya’ni  masalan,  davlat-xizmat 
faoliyati  samaradorligini  ta’minlashga  qaratilgan  va  ish  yuritish, 
ro’yxatga olish, rasmiylashtirish, hujjatlar, ma’lumotlar, materiallarni 
ko’paytirish  va  yuborish,  axborotlar  bilan  ishlash,  analitik  hisobni 
yuritish,  moddiy-texnik  ta’minlash  bilan  bog’liq  bo’lgan  boshqaruv 
faoliyatining shakllari. 
Boshqaruv  faoliyatining  bu  shaklini  amalga  oshirish  nafaqat 
xodimlarning  yuqori  tayyorgarlikka  ega  bo’lishiga,  balki  davlat 
boshqaruvi  organlarining  ma’lum  bir  texnika  bilan  jihozlanganligiga 
ham bog’liqdir.  

 Davlat boshqaruvi usullari nima? 
Boshqaruv  shakli  (ijro  hokimiyati  yoki  boshqaruv  harakatlari 
shakli)  masalasi  bilan  tanishib  chiqish,  boshqa  huquqiy  hodisaning  – 
boshqaruv  usullarini  ham  aniqlash  lozimligini  ko’rsatadi.  Usul  bu 
amaliy faoliyatning usuli, vositasi hisoblanadi. Boshqaruv shakllari va 
boshqaruv  usullarini  bir-biridan  ajratmagan  holda  ko’rib  chiqish 
lozim. 
Ma’muriy  huquqning  tartibga  solish  usuli  va  ma’muriy  huquqiy 
(boshqaruv)  usullar  nomlanishi  jihatidan  bir-biriga  juda  yaqin  turadi. 
Lekin  bu  holat  ularning  faqatgina  tashqi  ko’rinishidan  yaqinligini 
ko’rsatadi.  Tartibga  solish  usuli  ma’muriy  huquqning  asosiy 
funksiyasi  bo’lib,  boshqaruv  munosabatlarini  huquqiy  tartibga 
soluvchi  vosita  hisoblanadi.  Davlat  boshqaruvi  usuli  esa  boshqaruv 
subyektlari  (ijro  hokimiyati  organlari)  oldida  turgan  barcha 
vazifalarni,  shu  jumladan  tartibga  solishning  ham  amaliy  hal  etish 
vositasi hisoblanadi.  

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin