22
va tartibga solish funksiyasiga ega bo’lmagan turli subyektlar
(masalan, nodavlat korxona va tashkilotlar, fuqarolar) ishtirok etadi;
ma’muriy-huquqiy shartnomalarni tuzishning asosiy talablari
sifatida quyidagilar nazarda tutiladi:
a) jamiyat va davlat (ommaviy) manfaatlarini qondirish;
b) ma’lum bir boshqaruv vazifalari va funksiyalarni amalga
oshirishning ma’muriy tartibini o’rnatish;
v) boshqaruv organlari tomonidan nazoratning amalga oshirilishi;
g) majburiyatlarni o’z zimmasiga olgan ikkinchi tomonning o’z
majburiyatlarini bajarmagani yoki lozim darajada bajarmaganida,
davlat organi (mansabdor shaxs)ning shartnomani bir tomonlama
tartibda bekor qilish imkoniyatiga ega bo’lishi;
d) vujudga kelgan nizolarni ma’muriy yurisdiktsiya organlarida va
sudda hal etish imkoniyatining o’rnatilishi va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: