32
Davlat xizmati ma’muriy huquqning asosiy qismlaridan biri
bo’lib, davlat xizmatini tashkil etish bosqichida, shuningdek, uning
funksiyalanishida deyarli barcha ma’muriy-huquqiy institutlarni: ijro
hokimiyati, davlat boshqaruvi, mahalliy o’zini o’zi boshqarish,
ma’muriy huquq subyektlari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari,
ma’muriy-huquqiy usul va shakllar, davlat majburlov choralari, ijro
hokimiyati tizimida kontrol va nazorat va boshqalarni birlashtiradi.
O’zbekiston Respublikasining mehnat huquqi (qonunchiligi)
me’yorlari davlat xizmati uchun ma’lum bir kafolatlarni o’rnatib
beradi. Mehnat huquqi me’yorlari: davlat xizmatchilari bilan
tuziladigan mehnat shartnomalari (kontrakt)ni tuzishni, tanlov
(konkurs) asosida lavozim yoki mansabni egallashni, xizmatchilarga
nisbatan qo’llaniladigan intizomiy javobgarlikni va uni qo’llash
tartibini belgilab beradi. Bundan tashqari, mehnat faoliyatidagi asosiy
holatlar, ya’ni xizmatchilar mehnat faoliyatining davomiyligini, dam
olishi, mexnat ta’tili, ijtimoiy ta’minot masalalari ham mehnat
qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Mehnat qonunchiligi davlat
xizmatida ichki tartib qoidalariga rioya etilishini ham ta’minlaydi.
Davlat xizmatini tartibga solishda jinoyat qonunchiligi me’yorlari
ham alohida bir o’rinni egallaydi. Jumladan, mansabdor shaxs
tushunchasi, aynan shu qonunchilikda berilgandir. Davlat xizmatidagi
korruptsiyaga qarshi kurashishda jinoyat qonunchiligi me’yorlarining
tutgan o’rni kattadir.
Oxirgi vaqtlarda byudjet, soliq, bank va boshqa moliyaviy
munosabatlarning rivojlanishi davlat xizmatini tartibga solishdagi
moliya qonunchiligining ahamiyatini yanada oshirdi. Davlatning
moliyaviy faoliyati davlat boshqaruvining bir ko’rinishi bo’lganligi
sababli ham davlatning moliyaviy faoliyati davlat xizmatchilari
tomonidan amalga oshiriladi. Huquqiy tartibga solish usuliga ko’ra
moliya qonunchiligi ma’muriy qonunchilikka o’xshab ketadi, ya’ni
bularning ikkalasi ham davlat hokimiyat ko’rsatmalari usuliga va
subyektlarning tengsizligiga egadir.
Dostları ilə paylaş: