33
MUSTАQIL TАYYORLАNISH UCHUN VАZIFАLАR
Quyidagi muammoli vaziyat(kazus) va nazariy savollarni
mavzuga bog’lagan holda tahlil qiling.
MUАMMOLI VАZIYAT(KАZUS)LАR
1-topshiriq
2018-yilning iyun oyida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”
АJ bosh direktori V.Komilov o’rindoshlik asosida Toshkent shahrida
joylashgan maktablardan biriga direktor o’rinbosari lavozimiga
tayinlanadi. 2018-yilning sentabr oyida maktab faoliyati bilan bog’liq
masala bo’yicha chet elga borish maqsadida xorijga chiqish pasportini
olish uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining
Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga murojaat
qiladi. Boshqarma xodimi V.Komilovning chet elga chiqishi uchun
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus
kelishuvini talab qiladi. V.Komilov chet elga “Olmaliq kon-
metallurgiya kombinati” АJ masalasi bo’yicha emas, balki maktab
masalasi bo’yicha ketayotganligini ta’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: