31
Milliy kadrlar zaxirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati
lavozimlarining davlat reestrini yuritish, shuningdek, davlat fuqarolik
xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil et-
ish va yuritish;
davlat
fuqarolik
xizmatchilari
faoliyati
samaradorligini
baholashning o’lchanadigan indikatorlari (эng muhim ko’rsatkichlari)
tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik
fikrini o’rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining
ochiq reytingini shakllantirish;
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xori-
jda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish,
shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-
qizlarni keng jalb etish bo’yicha tizimli ishlarni olib borish;
eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mus-
taqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy axloq-odobni,
korruptsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni
shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borish,
davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini
ta’minlagan holda ular to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini
shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan o’zaro
munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qi-
lish, shuningdek, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi
uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko’maklashish.
Davlat xizmatining ma’muriy huquq va boshqa huquq sohalari
Dostları ilə paylaş: