Quyida keltirilgan savollar ko’proq uchraydi: tekshirilayotgan shaxsning asosiy shaxsiy psixologik xususiyatlari qanday? (temperamenti, xarakteri, intellekti, iroda va hissiyoti, xatti-harakatga undovchi psixologik muhit). tekshirilayotgan shaxsni harakatga undovchi xulqi, uning asosiy xususiyatlari nima hisoblanadi?
tekshirilayotgan shaxsni yuqori darajadagi ta’sirchanlik xususiyati bormi? Yoki shunga o’xshash boshqa shaxsiy xususiyatlari bormi? Ya’ni,rigidlik, impulsivlik, ta’sirga darrov berilib, xatti-harakatga kirishish, beixtiyor harakat qilish, hissiyotga berilib, o’z-o’zini boshqara olmaslik holatlariga tushish xususiyatlari bormi?
tekshirilayotgan shaxsning individual psixologik xususiyatlari jinoyatni sodir etishida turtki bo’lib ta’sir ko’rsatishi mumkinmi?
2. O’limdan keyingi sud- psixologik ekspertiza O’limdan keyingi sud- psixologik ekspertizani o’tkazish zaruriyati turli toifadagi jinoiy ishlarni tergabtekshirishda paydo bo’lishi mumkin.
Avvalo u Uzbekistan Respublikasi jinoyat kodeksining 173-moddasini (suisid holatida o’zini o’zi o’ldirishga olib borish) qo’llanish masalasi ko’ndalang bo’lganida o’zini o’zi o’ldirgan shaxslarga nisbatan o’tkaziladi.
Amaliyotda bunday toifadagi ishlarni tergab tekshirish, ko’pincha harbiy prokuraturalar tergovchilari bilan harbiy xizmatchilar o’rtasidagi o’zini o’zi o’ldirish faktlari bo’yicha shug’ullanadilar. O’limdan keyingi psixologik ekspertiza tergovchi tomonidan o’zini o’zi o’ldirish deb nihoblanadigan ehtimol tutilgan qotillik yoki qotillik sifatida niqoblanadigan o’zini o’zi o’ldirish hakidagi taxminlarni ishlab chiqayotganida zo’ravonlik bilan odam o’ldirish faktlarini tekshirishda tayinlanishi mumkin.
Bunday ekspertiza xulosasi, shuningdek, zarur hollarda o’zini o’zi o’ldirish bilan baxtsiz hodisa ro’y bergan holatlaridagi shaxslarga nisbatan o’gkazilgan ekspertiza natijasidagi o’limni farqlashga vrdam bershpi mumkin. O’limdan keyingi psixologik ekspertizani o’tkazishni zarur qiladigan shart-sharoitlar rangbarangligiga qaramay hamisha xam halok bo’lgan odam uning obyekt hisoblanadi va ekspertlar quyidagicha bir xiddagi vazifalarni hal qiladilar:
• halok bo’lgan shaxsning individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish;
• halok bo’lgan kishining o’limidan oldingi davrdagi psixik holatini tadqiq etish; uning o’zini o’zi o’ldirishga maylli bo’lganligi yoki bo’lmaganligi hakidagi masalani hal qilish;
• halok bo’lgan kishida uning o’zini o’zi o’ldirishiga olib kelgan psixik holatining sabablarini va rivojlanish shart-sharoitlarini o’rganish.