Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə117/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Savol va topshiriqlar

  1. Eksperiment tergov harakatini o’tkazishning psixologik xusu- siyatlarini izohlang.

  2. Tergov eksperimentini o’tkazish paytida tergovchi nimalarga e’tibor qaratishi lozim?

  3. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirishning asosiy maqsadi nimadan iborat?

  4. Ko’rsatuvlarni hodisa sodir bo’lgan joyda tekshirish o’tkazish vaqtida psixologik aloqa va uning muhim jihatlarini izohlab bering.

13 MAVZU : SUD PSIXOLOGIK YEKSPERTIZASI. (2 SOAT)
1.Yekspertiza predmeti, vakolati va yekspertiza oldiga qo’yiladigan masalalar, yekspertiza o’tkazishning zaruriyligi va yekspertizani belgilash tartibi.
2.Yekspertiza savollarini tuzishga qo’yiladigan talablar.
3.Affekt holatining sud psixologik yekspertizasi.
4.Sud psixologik yekspertizaning boshqa turlari.
5.Oila xuquqlarini himoya qilishda sud psixologik yekspertizasining zamonaviy imkoniyatlari.
Sud-psixologik ekspertizaning bunday turi quyidagicha hollarda o’tkaziladi:
a) ishda mavjud bo’lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxsi haqidagi ma’lumotlar shubha uyg’otganida;
b) individual o’ziga xos xususiyatlarniig birbiriga zid baholari mavjud bo’lganida;
v) shaxsni tavsiflaydigan muxim jihatlar sifatidagi fe’latvorning yetakchi sabablari va aniq xatti-harakatlar dalillarining o’ziga xos xususiyatlarini belgilash talab etilganida;
g) ayblanuvchi yoki sudlanuvchi shaxsining subyekt fe’latvoriga, shu jumladan unda jinoyatni sodir qilish niyatining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ayrim psixologik o’ziga xos xususiyatlarni (masalan, haddan ortiq ishonuvchanlik, ta’sirchanlik, qatiyatlilik, ustun kayfiyat, fikriy yechimlarni hal etish sur’ati va tuyish va shu kabilar) tadqiq etish zarur bo’lganida;
d) subyektning indivi­dual psixologik o’ziga xos xususiyatlarni xisobga olgan holda uning ayrim xatti-harakatlarini psixologik jixatdan talkin qilish kerak bo’lganida.
Ko’rsatilgan shubxalarni vujudga keltiradigan ayblanuvchi va sudlanuvchilar sud- psixologik eks­pertizaning bunday turining obyektlari bo’lishi mumkin.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, agar sud- psixologik ekspertiza­ning oldingi turlari asosan dastlabki tergabtekshirish jarayonida o’tkazilsa, individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarning sud- psixologik ekspertizasi asosan sud tergovi ja­rayonida o’tkaziladi. Bu tushunarli, chunki sudya sudlanuvchining malakali tarzda tuzilgan «psixologik portreti»ni olishdan g’oyat manfaatdor bo’lib, uning vositasida jinoyat sodir qilinishining psixologik mexanizmini chuqurroq tushunish imkoniyati paydo bo’ladi va binobarin, ish yuzasidan ancha puxta va to’g’ri qaror qabul qilish mumkin.
Sud- psixologik ekspertizaning bunday turini o’tkazishda ekspertpsixologlarga savollar har xil bo’lishi mumkin. Quyida ana shunday sud- psixologik ekspertiza turini tayinlashda eng ko’p uchraydigan savollar keltirilayapti.
Ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi щaxsining asosiy individual psixologik o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat (mijozi, xarakteri, intellekti, emosional irodaviy va sababli sohalari)
ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi dalillashining asosiy o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi haddan ortiq ishonuvchanmi (yoki shaxsning sudni kiziktiradigan qandaydir boshqa xususiyatlariga, masalan, kat’iyatlilik, ta’sirchanlik, emosional beqarorlik va shu kabi xususiyatlarga egami)?
ekspertizadan o’tkazilayotgan kishi unda bunday jinoyatni sodir kilishga asos shakllantirishi mumkin bo’lgan individual psixologik o’ziga xos xususiyatlarga egami?

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin