Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə125/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Men uyga qaytib kelganimda otam onam va meni yana xaqoratlay boshladi, zo’rg’a o’zimni tutib turdim. Keyin otam menga onang qachon qaytsa to’g’ridanto’g’ri uni o’ldirishini aytdi. Bu holat yuzasidan nimaki degan bo’lsa, shuni bajarishni uning emosional xolatidan sezib turdim. Iщdan qaytganimda o’ldirilgan onamni ko’rishni o’zimcha ko’z oldimga keltirdim. Keyin otamning yuzini va qonni ko’rganimni eslayman. Undan keyin nima bo’lganini eslay olmayman. Men uni nima qilganimni kech sezdim va milisiyaga ketdim. Men uni qasddan o’ldirmadim».
Sudpsixiatriya ekspertizasi Ya. o’z qilmishiga o’zi javob bera oladiganligini takidlaydi, lekin ozgina hayajonlanish holatiga nevrologik reaksiyaga kirib turadi. U tug’ma jarohatni boshidan kechirgan, aqliy (intellektual) rivojlanish qobiliyati jihatidan biroz orqada qolgan va duduqlanish xususiyatiga ega.
Sudtibbiyot ekspertizasining xulosasiga asosan jabrlanuvchiga yetkazilgan jarohatlarning ko’pchiligi o’rinli urilgan, bular haqida aniq avtomatlashgan harakat jarayonida ekanligi bayon qilingan.
Bir necha marta sud psixiatrik ekspertizasining sud jarayonida ko’rsatma berishicha, sudlanuvchining kuchli psixik hayajonlanish holatida ekanligini aniqlash masalasi sud- psixologik ekspertizasiga, yuklatilgan, bunda himoyachi Ya. ga nisbatan sud- psixologik ekspertizani tayinlash haqidagi talabnoma kiritilib ushbu savolga javob berishni so’raydi:
1. Ya. ning oliy nerv faoliyatining xususiyatlari va tiplari;
2. Uning psixikasiga tug’ma jarohatlarning tasiri bormi va ularning oqibatlari mavjudmi;
3. Tug’ma duduqlanish va janjal boshlanish bilan tezda uning ogzaki fikrining susayishi o’rtasidagi munozaralarning o’zaro tasiri.
4. Uzoq davomli jarohatlovchi psixologik muhitlar va jinoyat sodir qilishdagi yaqqol holatlar, hodisalar.
Himoyachining talabnomasi quyidagi asos bo’yicha rad etildi, yani sud- psixologik ekspertizasi sudda o’tkazilmaydi. Hukmda sudlanuvchining birdaniga kuchli psixik hayajonlanish natijasida harakat qilmaganligi ko’rsatilgan. Bu xulosa quyidagicha asoslangan, yani otasining onasini o’ldirish haqidagi qo’rqitish, haqoratlash va janjallar oldindan va uzluksiz raviщda bo’lib turgan va bular sudlanuvchi uchun hyech qanday yangilik emas.
Shunday qilib, bu muhim jabhalar sudlanuchi harakatini kvalifikasiya qilish uchun hamda psixik holatlarni tiklaщda obyektivlikka erishish maqsadida ularning qarorida ekspert psixologik ekspertizaga qatnashtirish masalasini qo’yish zarur. Sudlanuvchining kuchli psixik hayajonlanish holatini birdaniga kelib chiqqanligini sud- psixologik ekspertizasi jarayenida ekspert psixologlar tomonidan tasdiqlanishi, sudning o’z xulosasini o’zgartirishga olib kelishi lozim va sudlanuvchi harakatining yuridik tasnifini o’zgartirishga olib keladi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin