Ularga quyidagilar kiradi: 1.Dezintegrasiyalashgan oila tipi, ular a’zolarining ajralganligi, munosabatalarning rasmiyligi, shaxslararo emosional aloqalarning yo’qligi ularning xarakterli o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi; qisman dezintegrasiyalashgan, kimdir unga qarshi birlashgan qarindoshlari qarshisida yolg’iz bo’lib ajralib qolgan oilada g’oyat xavfli vaziyat vujudga keladi.
2.Dezintegrasiyalashgan oilaning qarama-qarshisi bo’lgan superintegrasiyalashgan oila tipi, unda oila a’zolarining shaxsiy avtonomiyligi (mustaqillik) hislari buziladi, ular birbiri bilan shunchalik «Kirishib» ketishganki, ayrim, alohida holda yashashni tasavvur ham kila olishmaydi; bunday oilada bir a’zoning o’limi boshqa a’zoning mutlaqo nochorligini ochib qo’yadi.
3.Disgarmonik oila tipi, u uning a’zolari maqsadlari, ehtiyojlarining birbiriga bog’liq emasligi, hammaning ham birlik va totuvlikni so’zlab yashamasligi, o’zlarining manfaatlari va urfodatlaridan voz kechishni xohlamasligi bilan tavsiflanadi. Bu yerda qabul qilingan me’yorlarga rioya qilinishi majburiy tusga ega, kimdir uchun frustrasiya bilan bog’liq.
Bir a’zoning boshqa a’zoga o’z odatlariny doimo majburlayverishi, fe’latvorni o’zgartirishni talab qilish, uni uning uchun maqbul kelmaydigan hayotiy yo’nalishlarga muvaffaq yashashga majburlash bunday oilada xavfli vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.
4. Yopiq o’ziga to’q oila tipi, uning a’zolari uchun oila asosiy kuchg’ayratlarni sarflaydigan soha, yagona hayotiy mazmun hisoblanadi, boshqa hamma narsa — ish, oiladan tashqari munosabatlar va hkz. Faqat oiladagi farovonlikni ta’minlash va tutib gurish vositalari bo’lib hisoblanadi.
Hayotiy faoliyatning asosiy sohasi oiladagi qandaydir tanglik uning a’zolari uchun suisid xavfi soladigan vaziyatni keltirib chiqarishi mumkin.
Affakt holati Sud- psixologik ekspertizasini o’tkazishning markaziy masalalaridan biri — bu jinoyat sodir qilish jarayonidagi affekt holatshsh diagnostika qilish. Diagnostika qilishning sababi shu holat bilan belgilanadiki, jinoyat qonunchiligi bo’yicha affekt holati (fiziologik) aybni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi.
Ko’p hollarda sud- psixologik ekspertizasini o’tkazish, misol uchun odam o’ldirish jinoyatini sodir qilgan shaxc yoki og’ir tan jarohati yetkazgan shaxs shu jinoyatning affekt holatida sodir qilganligi yoki qilmaganligini aniqlashda namoyon bo’ladi, yani bu xildagi ekspertizaning subyekti ayblanuvchi yoki sudlanuvchidir. Bunda shaxs g’azabining affekt, yani jazavalanish psixik holati nazarda tutiladiki, bunday holat shaxsni agressiv faol xatti-harakatlarni amalga oshirishga majbur qiladi.
Affekt holatining shaxs xulqiga tasir kilishi nomusga tegish tergov ishlarini ko’rishda namoyon bo’ladi. Bunda jabrlanuvchining faol qarshilik ko’rsatmaganlik holati ko’zda tutilgan. Bu holda jabrlanuvchining qo’rkuv holati affektning mavjudligini yoki mavjud emas ekanligini va bunday holat jinoyat sodir qilish jarayonida uning xulqiga qanday tasir ko’rsatishini aniqlaщda katta amaliy ahamiyatga ega.
Shunindek, ehtiyotsizlikdan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish jarayonida ham affekt holatini aniqlashga katta etibor berish zarur. Chunki affekt holatining shaxs ongiga tasir qilishi shu xildagi jinoyatlarni sodir qilishga olib keladi.