Masalan, odam o’ldirish yoki zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish jinoyatlari shular jumlasidandir. Yuqoridagi mulohazalarga asoslangan holda affekt holatining sud- psixologik ekspertizasida keng qo’llanish maqsadiga muvofiq degan xulosaga kelishimiz mumkin.
Chunki S.L.Rubinshteynning fikricha, «Affekt bu — tez va birdaniga o’tadigan, portlovchi xususiyatli zmosional jarayon bo’lib, bu holat shaxsning o’z harakatiga nisbatan ongli irodaviy nazorat qilishni buzadigan holatdir». Mazmunan affektning hursandchilik, qo’rquv, g’azab va hokazo turlarni ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq.
Affekt psixologik kategoriya bo’lib, bu holatni maxsus bilimlarga, yani affektiv reaksiyalarning paydo bo’lishi, kechishi, rivojlanishi to’g’risidagi bilimlar bilan kurollangan mutaxassis diagnostika kilishi kerak. Ekspert jinoyatni affekt holatida sodir qilinganligi yoki kilmaganliginy aniqlasa, u taqdirda sud va tergovga kuchli psixik hayajonlanish holatiga baho berish va aybni yengillashtiruvchi holat deb topish hukuqi beriladi.
Affektning sudpsixlolgik ekspertizasini o’tkazish sudlanuvchi yoki jinoyat qilishda gumonlanuvchining harakatini to’g’ri tasnif qilish (baholash) uchun zarurdir. Bu haqida quyidagi misolni keltirish mumkin.
«Bundan bir necha yil muqaddam qotillik bilan ayblangan ayblanuvchi Ya. ning ishi ko’rilgan. U otasiga 27 marta jarohat yetkazib, uni, o’ldirganliqda ayblangan. Jabrlanuvchi uyida uzluksiz ravishda ichib, janjal ko’targan, xotinini qattiq haqoratlagan, uni va o’g’lini xo’rlagan, ularni o’ldirish bilan qo’rqitgan. Sud majlisida ayblanuvchi quyidagicha ko’rsatma beradi: «...2 sentyabr kuni otam men bilan akamning orqasidan yana janjal ko’tardi, har galgidek men ularning yonini oldim, otam akamni va meni yana haqoratladi. Mana shu vaqtda onam telefon qilib, kecha ularni otam uydan haydaganini va o’ldirish bilan qo’rqitganini aytdi. Men hayajonlanganimdan va otamning janjalidan qochmoqchi bo’lib tezda uydan chiqib ketdim, albatta bunday voqyealar har doim ham onamning orqasidan bo’lib turardi.