Yuridik psixologiya


Fiziologik affektning informativ belgilari



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə126/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Fiziologik affektning informativ belgilari
Uzoq yillar davomida «Ayblanuvchi jinoyat sodir qilayotgan vaqtida affekt holatida bo’lganmi?» degan savol yuristlar tomonidan mustaqil, mutaxassislar yordamisiz hal qilinar edi. Bu borada sudpsixiatrik ekspertizasining imkoniyatlari cheklanganligi hisobga olinmasdi.
Fiziologik affekt psixik holatdan chiqmagan holda, kutilmagan tarzda qisqa vaqt oralig’ida katta kuch bilan sodir bo’lib, psixologiya doirasida o’rganiladi. Normal affekt bilan patologik affekt oralig’idagi farqni ko’rsatish uchun sog’lom odamdagi neyrodinamik jarayonni asos qilib olish tabiiy holdir.
Birlamchi affektning sabablarini kuzatish orqali fizio­logik holdagi psixologik tabiiylikni ko’rish mumkin, shuning uchun ham tahlil qilinayotgan psixik holatni psixologik affekt deb atash maqsadga muvofiq.
Hozirgi zamon psixologiya adabiyotlarida «affekt» tushunchasi hyech bir to’ddirishsiz aniq ifodalanishiga ega.
Keltirilayotgan mulohazalar shuni ko’rsatadiki, fiziologik affekt sud- psixologik ekspertizasiga taalluqli bo’lib, buning dalili sifatida patologik va fiziologik affekt oralig’idagi farqni yotig’i bilan ko’rib chiqishi masalasi yotadi.
Psixiatriyada patologik affekt shunday xarakterlanadiki, u o’tkir qisqa muddatli psixik buzilish jarayoni bo’lib, alohida favqulodda to’satdan paydo bo’luvchi va mujassamlashtiruvchi holatdir, yani:
1. Ong doirasini chuqur chalkashtiruvchi, qaysiki qorong’ulashtiruvchi holat tug’ilishiga yo’naltiradi;
2. Avtomatik harakat bilan tezkor dvigatelli hayajonlanish;
3. Tula va qayta sodir etilgan amneziyaning harakatlari va hokazo.
Patologik affekt holati bezovtalanish kechinmalarning intensivligi bilan ajralib turadi, lekin shu holatda sodir qilinayotgan harakat katga tasir qiluvchi kuchga ega bo’ladi. Ko’p hollarda patologik affektning qiziqqonligi ko’p yoki kam, uzoq muddatli chuqur uyqu bilan tugallanadi.
Shunday hollarda patologik affekt mazkur jarayondagi psixikaning kasallik holati bo’lib hisoblanadi, shuning uchun ham bu holat psixiatr bilan vrach tomonidan to’g’ri baholanishi va tekshirilishi lozim. Patologik affekt holatida noqonuniy xatti-harakat sodir etgan shaxs, psixik kasal ekanligini sud psixiatrik ekspertizasi to’g’ri tan oladi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin