Yuridik psixologiya


- yil–Leningrad shahrida yuridik psixologiya bo’yicha barcha Oliy o’quv yurtlari uchun ishchi dasturlarni tuzish va tasdiqlash kabi tadbirlar amalga oshiriladi



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə31/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157
Юридик псих. мажмуа

1989- yil–Leningrad shahrida yuridik psixologiya bo’yicha barcha Oliy o’quv yurtlari uchun ishchi dasturlarni tuzish va tasdiqlash kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
XX- asrning 90-yillarida Rossiya olimlari tomonidan yuridik psixologiya sohasi bo’yicha olib borilgan yirik ilmiytadqiqot ishlari keng yo’lga qo’yiladi.
Hozirgi kunda yuridik psixologiya predmetining zamonaviy tarzdagi ifodasi ilmiyamaliy fanga asoslangan bo’lib, “inson-huquq” tizimidagi psixologik qonuniyatlarni o’rganish va shu tizimning samaradorligini oshirish uchun kerakli bo’lgan tavsiyalar ishlab chiqish ma’nosini bildiradi.
Yuridik psixologiya predmetini ta’riflashda ko’plab olimlar tomonidan turlixil yondashuvlar bo’lgan: yuridik psixologiyaning predmeti huquq normalari bilan bog’liq psixik hodisa, mexanizm, qonuniyatlarga qaratilgan (A.R.Ratinov, 1989); yuridik psixologiya, bu-bir tomondan psixik hodisalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi, ikkinchi tomondan noqonuniy harakatlar asosida insonning psixikasini o’rganishdir (A.V.Dulov, 1990), kabi fikrlar ilgari suriladi.
Yuridik psixologiya fanida psixologiya va yuridik bilimlar bir butunlikni tashkil qiladi va ular birbirlari bilan uzviy bog’liq. Yuridik psixologiya predmeti tarkibiga qo’yidagi tushunchalar kiradi:
psixologik: yuridik:
jarayon; faoliyat moyilligi;
holat; huquq moyilligi;
hodisa; delikto moyilligi;
faoliyat; aql-rioya moyilligi;
shaxs; motiv;
qo’llash; ayblanish;
xulqatvor; qasddan harakat qilish kabilar.
muloqot...
Ushbu tarkibiy qismlar turli ilmiytadqiqot usullar bilan tasdiqlanadi.
4.Yuridik psixologiyaning vazifalari va tizimi
Yuridik psixologiya predmetining mohiyati va tadqiqot obyektini o’rganishda kuyidagi vazifalar belgilanadi:
1) fanning metodologik va nazariy asoslarini o’rganish, nazariy tadqiqotning uslubiyoti va usullarini ishlab chiqish va ularni boshqa fanlarning uslubiyoti bilan taqqoslash va moslashtirish;
2) predmetning tizimiy elementlarini o’rganish: yurist shaxsi; uning faoliyati; huquqiy va nohuquqiy hulqi; qonunbuzar va qonunga rioya qilgan shaxslar; qonunbuzarlarning ijtimoiy huquqiy psixologiyasi; jinoiy ishni olib borishning psixologik xususiyatlari, qonunbuzarlar profilaktikasi...;
3) yurist amaliyotchilar uchun huquq ishlariga oid va amaliyotni yanada yaxshilash uchun yuristlar jamoasini mustahkamlash va ularning faoliyatlarini rag’batlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish, kasbiy yo’nalish va kasb tanlashga oid uslubiyotlar ishlab chiqish;
4) “yuridik psixologiya” fanini nazariy va metodologik jihatdan ta’minlash;
5) amaliyotni maxsus psixologik bilimlar bilan ta’minlash, sud psixik ekspertizasiga oid nazariya va uslubiyotni ishlab chiqish, yurisprudensiya jarayonida mutaxacsis psixologning ishtirokini ta’minlash.
Yuridik psixologiya fanining tizimi





Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin