Tadqiqot uslubiyoti – bu, izchil operasiyalar va qo’llanayotgan usullarni tartibga soluvchi qoidalar tizimi.
Amaliy va nazariy jihatdan haqiqatni bilish uchun usul nazariya orqali o’z vazifalarini bajaradi.
Yuridik psixologiya metodologiyasi yurisprudensiya va umumiy psixologiya metodologiyalari birligida namoyon bo’ladi.
Metodologiya bu, nazariy va amaliy faoliyatni tashkil qilish va tuzishga qaratilgan tamoyil va uslublar tizimi tushunchasi, haqiqatni bilish va isbot qilish usullari haqidagi ta’limotdir.
Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, uslubiy tadqiqot usullardan tashqari tadqiqot shakllariga ega.
Usul bu obyektga nisbatan bo’lgan psixologik bilimlarni egallash harakatini anglatsa, shakl shu bilimlarni egallash bosqichlari ma’nosini bildiradi. Ma’lum bir paytda yig’ilgan bilimlarni o’rganishda ilmiy muammo, faktlar, gipoteza va nazariyadan foydalanish mumkin.
Psixologikhuquqiy bilimlarni
ilmiy muammo
faktlar
gipotezalar
nazariya shakllari orqali qo’lga kiritish mumkin.
Oddiy shakldagi bilimlar (tushuncha, fikr yuritish, xulosa chiqarish) keyinchalik ilmiy bilish darajasiga ko’tariladi.
Ilmiy bilimlar empiriya, ya’ni tajribadan nazariyaga kelib tushib shakllana boshlaydi. Bu bilimlar hayot davomida tekshirib, taqqoslanib keyin ilmiy bilimlarga aylanadi.
Obyektiv dunyoni tushunibetish aniq ilmiytadqiqot usullardan tashqari qo’shilib ketgan usullar orqali amalga oshiriladi. Masalan: induksiya-deduksiya, tahlil-sintez, abstraksiyalash-umumiylashtirish va boshq.
6.Yuridik psixologiyaning nazariy bilish usullari tizimi
Usullar tizimi dialektika usullarining umumiyilmiy va xususiyilmiy darajasida shakllangan bo’ladi.
Umumiy dialektika usuli obyektiv dunyoni mantiqiy, tarixiy, psixologik tomonlardan o’rganishni talab qilsa, umumiyilmiy usul – tahlil sintez, induksiya-deduksiya, taqqoslash, aniqlikdan-abstraksiyaga, statistik-matematik, kibernitik kabi usullar orqali o’rganishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |