Yuridik psixologiya


- MAVZU : YURIDIK FAOLIYATDA BILISH JARAYONLARINING TUTGAN O’RNI. HISSIYOT VA IRODA JARAYONLARI (2 SOAT)



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə42/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   157
Юридик псих. мажмуа

2- MAVZU : YURIDIK FAOLIYATDA BILISH JARAYONLARINING TUTGAN O’RNI. HISSIYOT VA IRODA JARAYONLARI (2 SOAT)
REJA:


1.Sezgi to’g’risida umumiy tushuncha

2. Idrok to’g’risida umumiy tushuncha.

3. Xotira haqida umumiy tushuncha.

4. Tafakkur psixologiyasi

5. Xayol to’g’risida umumiy tushuncha

6. Diqqat to’g’risida umumiy tushuncha


7. Hissiyot va iroda jarayonlari
Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma’lumotlarning ko’rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo’zg’atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining (uning a’zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgi biosfera va noosferada harakatlanuvchi jamiki narsalarning, xoh mikro, xoh makro tuzilishidan qat’iy nazar, sezgi organlariga ta’sir qilish mahsulasining sodda obrazlar, timsollarning ayrim tarkibiy xususiyatlar tariqasida aks etishidir. Inson atrofmuhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko’rinishini, ularning xossalarini, o’ziga xos xususiyatlarini sezgi organlari yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos.
Sezgilar to’g’risidagi ilmiy ta’limotlarga binoan narsalar va ularning xossalari, tarkibiy qismlari, xususiyatlari, shakllari, harakati birlamchi hisoblanib, sezgilarning o’zi esa tashqi va ichki qo’zg’atuvchilarning sezgi a’zolariga ta’sir etishining mahsulidir. Ma’lumotlarning ko’rsatishicha, sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, voqyelikning haqqoniy tasvirini in’ikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko’rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo’lsa, ular xuddi shundayligicha hyech o’zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo’zg’atuvchilarning o’ziga mutlaq mos (adekvat) bo’lgan analizatorlar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziologlar va psixologlarning ta’limotlariga ko’ra, analizatorlar uch o’zaro uzviy uyg’unlikka ega bo’lgan tarkibiy qismlardan iboratdir.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin