Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə50/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Konvergensiya (lotincha convergore - yaqinlashish, qo’shilish demakdir) – ikkala ko’zning ko’rish o’qlarining yaqinlashuvi natijasida to’r pardasida jismning ikkilanishiga yo’l qo’ymaslikda o’z ifodasini topadi.

  • Divergensiya (lotincha divergere - uzoqlashish) ko’zning vergent harakatlarining bir turi bo’lib, birbiridan muayyan masofada turgan nuqtalarini qayd qilishda ko’rish o’qlarining uzoqlashuvidan iborat harakat.

  • Gorizontal harakat, ya’ni ko’zning bir xil tekislikdagi ikki nuqta oralig’i bo’yicha narsalarning qayd qilishidir.

  • Vertikal harakat har xil fazoviy joylashuviga ega bo’lgan nuqtalar o’rtasida aloqani tiklashdan iborat ko’z harakati yordami bilan idrok qilinishidir.

  • Siklofuzion (yunoncha cyclos - doira, aylana) harakat harakatlanuvchi jismlarni ko’z qorachig’i yordamida aniq tasvirini aks ettirishidir.

  • Torsion (fransuzcha torsion - aylantirish) harakat ko’z o’qi atrofida jismlarni aylanib turgan holda qayd qilishdir.

  • Version (lotincha verfo - harakatlanaman, aylanaman demakdir) harakat ko’zning makro harakatlari doirasiga kirib, ko’rish burchagini kuzatish, tezlikni o’zgartirmasdan kuzatiluvchi obyektni idrok qilishda ishtirok etishidir.

  • Vergent (lotincha vergo - og’ish, qiyshayish) harakat ko’zning makro harakatlari tarkibiga kirib o’ng va chap ko’zlarining ko’rish o’qlari burchagi o’zgarishiga olib keladi va hokazo.

    3. Xotira haqida umumiy tushuncha.


    Psixologik manbalarda ko’rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta’sirotlarning aks ettirilishidan o’zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida ba’zi bir o’zgarishlar kiritadi.
    Insonda shaxsiy tajriba, ko’nikma, malaka va bilim ko’lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulqatvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Ma’lumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig’ida hosil bo’ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo’qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bo’lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar birbiri bilan o’zaro uzviy bog’lanib, astasekin mustahkamlanib, miya qobig’ida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, hayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi.
    Hozirgi davrda qo’llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta’rif berilib kelinmoqda: «Individning o’z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta’rifda xotiraga taalluqli bo’lgan juda ko’p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o’z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hyech qanday haqhuquqimiz yo’q.
    Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdan bir yo’li, bizningcha, unga mana bunday tarzda ta’rif berishdan iborat: «Xotira atrofmuhitdagi voqyelik(narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik (yunoncha mnemaxotira) faoliyatdir”.
    Shuni qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, berilgan ta’rif xotiraning murakkab, keng qamrovli jihatlarini to’la ta’kidlash imkoniyatiga ega. Lekin bu narsa mutlaq darajada mukammallikka da’vo qilish degan ibora emas, chunki unda obyektivlik (tashqi) va subyektivlik (ichki) yuzasidan ma’lumot aks ettirilmadi. Umuman olib qaraganda esa, bu narsaga hojat ham, imkoniyat ham yo’qdir.
    Ta’rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unitish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari alohida ajratib ko’rsatilgan, lekin ularning har biri mustaqil holat va jarayon hisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat davomida, xoh bilish, xoh mnemik holat bo’lishidan qat’i nazar va o’sha faoliyat tuzilishi, mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish uning individual (yakkahol) tajriba ko’lami, bilim saviyasi va aqlzakovati darajasiga bog’liq.
    Chunki esda olib qolingan narsa va hodisalarni keyinchalik qo’llash uchun esga tushirish taqozo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi. O’zlashtirilgan materiallarni ushbu faoliyat doirasidan chiqib ketishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga bog’liqdir. Ana shuning uchun har xil holatlarda odamning bilish faoliyati, xulqatvori, hayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qarama-qarshi nuqtai nazarlar ham mavjud; ular o’zaro mezonlari hamda sharhlari bilan tafovutlanadilar.
    Shunday qilib, xotira shaxs ruhiy faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o’tmishda yuz bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham hozirda, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqyelikning ro’yobga chiqishini ta’minlaydi. Tabiatda va jamiyatda namoyon bo’ladigan har qanday toifadagi ruhiy hodisa o’zining tarkibiga kiruvchi har bir qismni muayyan tartibda o’zaro bog’langan tarzda saqlab qolinishini talab etadi.
    Turli ko’rinishga ega bo’lgan “bog’lanish”ga imkoniyat yoki shart-sharoit vujudga kelmasa, u holda rivojlanish to’g’risida so’z ham bo’lishi mumkin emas, chunki, I. M. Sechenov iborasi bilan aytganda, kishi ”chaqaloqlik holatida”mangu qolib ketgan bo’lur edi.
    Psixologik ilmiy adabiyotlarda ko’p marotaba ta’kidlanishiga binoan, xotira barcha ruhiy jarayonlarning eng muhim tasnifi bo’lishi bilan bir qatorda, inson shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari to’g’risida muayyan tartibda ma’lumot berish imkoniyatiga ega.
    Xotira psixologiya fanining chuqur tadqiq qilingan jarayonlaridan biri bo’lib hisoblansada, lekin fan va texnikaning taraqqiyoti ko’p jihatdan xotira muammolarining o’rganilishiga bog’liqdir. Shuning uchun uning qonuniyatlarini ochish, “aqlli” va “sun’iy intellekt”li mashinalar mahsuldorligini oshirish, sifat darajasini ko’tarish uchun xizmat qiladi. Hozirgi davrda olib borilayotgan ilmiytekshirish ishlari esda olib qolish, esga tushirish mexanizmlari va kognitivistik nazariyalarga bag’ishlangan.
    Lekin jahon psixologiyasi fanida assosianizm, geshtaltizm, bixeviorizm, freydizm kabi ko’plab yo’nalishlar mavjud bo’lishiga qaramasdan, bugun xotiraning yagona va tugallangan nazariyasi ishlab chiqilmagan. Ilmiynazariy xususiyatlarga ega bo’lgan, faraz tarzdagi nazariyalar va qarashlarning haddan tashqari ko’pligi kibernetika, tajriba va genetik biologiya, biokimyo, fiziologiya, tibbiyot nuqtai nazaridan yondashganligi bilan tasniflanadi. Bu narsaning barchasi xotirani o’rganishning psixologik, neyrofiziologik va biokimyoviy bosqichlari mavjudligidan dalolat beradi.
    Xotirani o’rganishning har uchala darajasi ichidan uning psixologik darajasi tadqiq qilinishi o’zining boy materiallari bilan boshqalaridan sezilarli ustunlikka ega bo’lib, psixologiya fanida xilmaxil yo’nalishlar va nazariyalar ishlab chiqilganligi hamda original (mustaqil ravishda, boshqalarga o’xshamaydigan) innovasion (yangi, dolzarb) g’oyalar ilgari surilganligi ma’lumdir. Bu nazariyalar negizida (mohiyatida) xotira jarayonlarining shakllanishiga subyekt(inson)ning faolligi qanday ahamiyatga egaligi va bunday faollikning mexanizmi (yuzaga kelishi) qanday ro’yobga chiqishi to’g’risidagi muammolarni tasniflash va baholash yotadi.

    Yüklə 2,33 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   157




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin