Yuridik psixologiya


Xayol turlari to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə58/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Xayol turlari to’g’risida umumiy tushuncha


Xayol o’zining faolligi bilan atrof muhitni o’zgartirishga yo’naltirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim sharti sifatida xizmat qiladi. Ba’zi bir psixologik ma’lumotlarga qaraganda, goho xayol faoliyatning funksiyasini bajaradi, bunda u xatti-harakatlarning sun’iy ravishdagi majmuasi vazifasini ijro etadi, xolos.
Inson quyidagi holatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo’lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin:
1)inson hyech qanday yo’l bilan hal qilib bo’lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida;
2)turmushning og’ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish niyatida;
3)shaxsiy nuqsonlarning ta’qibidan;
4) ushalgan armondan;
5)patologik holatga (ruhiy nuqsonga)uchraganda;
6)alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda.
Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo’lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo’q xatti-harakatlar dasturini namoyon etadi.
Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bunday shakli psixologiya fanida passiv (sust) xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to’g’risida ham muayyan ma’lumotlar mavjuddir.
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi ham mumkin. Xuddi shu bois iroda bilan hyech bir bog’liq bo’lmagan, jo’rttaga «kashf» qilingan, biroq hayotda gavdalantirishga yo’naltirilgan xayolning o’ziga xos obrazlari majmuasi « shirin xayol» deyiladi. Odatda «shirin xayol»da fantaziyaning mahsullari bilan insonning ehtiyojlari o’rtasidagi aloqa yengillik bilan yuzaga kelganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida odamlar xayol suradilar. Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shunchalik darajada passiv shaxs sanaladi, bu ko’rinish uning nuhsoni hisoblanadi.
Passivlik (sustkashlik) kishinig qiyinchiliklarini yengishdan chetlashtiradi, yashash uchun kurashga xohish yo’qoladi, demak, u reallikdan tubdan uzoqlashadi.
Goho passiv xayol hyech o’ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda quyidagi holat yuz beradi;
A) ong nazoratining kuchsizlanishi,
B) ikkinchi signallar tizimining susayishi,
V) insonning vaqtincha harakatsizlanishi,
G) uyqusirash kezida,
D) affektiv vaziyatdan,
Ye) tush ko’rishda,
Yo) gallyusinasiyada,
J)patologik holatlarda va hokazo.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko’rinishlarga bo’linadi.
O’zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasavvurlar, tasvirlar tizimini yaratuvchi xayol «tiklovchi xayol» deb ataladi. Tabiyatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga, bilimlarga oid ma’lumotlar o’rganilishida xayol bevosita ishtirok etadi hamda matnlarda, rasmlarda, xaritalarda aks ettirilgan narsalar qayta tiklanali. Ijtimoiy tajribada, ta’limtarbiya jarayonida fazoviy xayol, vaqt va harakat birliklariga oid axborotlar, masofa, hajm to’g’risidagi xabarlarga diqqat bilan sinchkovlik bilan qarash, tikilish jarayonida mazkur xayol turi rivojlanadi.
Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farqli o’laroq original va qimmatli moddiy, ijodiy mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat xayolning turidir.



Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin