Yuridik psixologiya


Aksariyat illyuziyalar ko’rinadigan harakatlar bilan bog’liqdir, chunonchi



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə49/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Aksariyat illyuziyalar ko’rinadigan harakatlar bilan bog’liqdir, chunonchi:
a) qorong’ilikda harakatsiz yorug’lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi (avtokinetik harakat);
b) fazoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur’atlar bilan namoyon etib turish harakat taassurotini vujudga keltiradi (stroboskopik harakat);
v) harakatsiz obyektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo’nalishga qo’yish harakat tuyg’usini paydo qiladi (induksion harakat) kabilar.
Attraksiya insonni (o’zi bilan o’zga o’rtasidagi munosabatda namoyon bo’lib,) o’ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir.
Bu hodisa bir qancha manbalar, qo’zg’atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan:
1) dastlabki tashqi ko’rinish, istarasining issiqligi;
2) subyektga nisbatan rishtasiz bog’lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik;
3) shaxslarning xarakteridagi o’xshashlikning mavjudligi;
4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi bu yaqqol ko’rish (yasnovideniye) deb atalib, voqyealik, holat, hodisa va tasodifni yaqqol oldindan ko’rish, yaqqol g’oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir.
Faqat ayrim hollardagina yaqqol ko’rishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namoyon bo’lishi mumkin, xolos. Aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko’rishlik bilish subyektining shaxsiy xayoloti, o’zgalarning diqqatini tortishga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo’lmasdan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko’rish imkonining yuksakligi, aniqligi kishini hanuzgacha hayajonga soladi.
Idrokning muhim tomonlaridan biri – uning xususiyatlarining turli jabhalar, vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo’lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri – bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o’zlashtirilgan bilimlari, to’plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik, sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo’lgan o’quv fani mohiyatiga bog’liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqyelik bilan tasavvur qilinayotganining o’zaro mosligini aniqlash singari bosqichmabosqich o’zaro birbirini taqozo etuvchi tarkibiy qismlardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati – uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko’pqirrali, ko’pyoqlama alomatlardan idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki o’sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jismlarning o’ziga xos xususiyatlarini belgilash bilan qanoat hosil qilmasdan, balki mazkur narsalarni ma’lum ma’noviy qismlarga ajratadi. Jumladan, «soat», «bino», «hayvonot» va hokazo.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko’mir yorug’likda yog’du sochadi, oq qog’ozdan ko’proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni «qora» va «oq» deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita subyektiv taassurotlarga nisbatan o’zgartishlar, tuzatishlar kiritadi. Chunki idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko’rsatmaga) uzviy bog’liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir. Shuning uchun insonni idrok qilish (perseptiv) faoliyatida ongli boshqariluv imkoniyati mavjud bo’lib, analitik, sintetik, harakatlar negizida verbal orqali amalga oshiriladi.
Idrokning boshqa bilish jarayonlaridan shu jumladan, sezgidan farqli tomoni shuki, u narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettiradi. Xuddi shu yaxlitlik belgisi alohida namoyon bo’luvchi ayrim alomatlarda ifodalanuvchi narsalarni predmet yoki jism tariqasida in’ikos qilish qobiliyatiga ega. Chunki jismlarning aniqligi, ravonligi predmet yoki jism sifatida ko’zga tashlanishida o’z ifodasini topib, muayyan tuzilish, strukturani vujudga keltiradi.
Idrok mazmuniga, tarkibiga kiruvchi har qanday hodisa, xoh verbal, xoh noverbal tarzda ifodalanishdan qat’i nazar bu predmet yoki jism sifatida gavdalanadi va unga qiyos berilgan yaxlitligini namoyish etadi.
Psixologiya fanida idrok etilayotgan narsalarning fizik holati o’zgarsa ham, lekin uning ko’z to’r pardasidagi obrazining o’zgarmasligi, nisbiy turg’unlik ko’rsatuvchi qonun, eng muhim xususiyat konstantlik deyiladi. Doimiylik, o’zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi.
Narsa va hodisalar idrok obyektiga tushishi bilan ular ketmaket aks ettiriladi, degan xulosa g’ayritabiiy holatdir. Chunki idrok maydoniga kirib kelayotgan va idrok qilinadigan narsalar qo’zg’atuvchisining ildamligi kuchli ehtiyojlarga mos tushadigani ular tomonidan qabul qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, qo’zg’atuvchining kuchi, yangiligi qandaydir ahamiyat kasb etishi yo’nalishi, harakatchanligi, analitiksintetik harakatlar majmuasida saralanadi yoki tanlanadi. Xuddi shu boisdan har qanday narsa va hodisalar inson tomonidan idrok qilinmaydi. Chunki bu tabiiy va sun’iy shart-sharoitlar obyektiv va subyektiv omillar tekshiriluvidan o’tkaziladi, ya’ni saralov, tanlov jarayoni amalga oshiriladi. Nomutanosiblik me’yoridan tashqari ma’lumotlar aks ettirish doirasidan chetda qolib ketaveradi.
Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan tuzilishga yoki strukturaga ega bo’lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomatlari to’g’risida mulohaza yuritish mumkin bo’ladi, xolos. Xuddi shu sababdan, ularning hajmi, fazoda egallagan o’rni, rangi, ichki mohiyati, ko’rinishi, vazni to’g’risidagi muayyan tushunchaga ega bo’lish uchun idrok qilinadigan aniq tuzilishga, ya’ni strukturaga ega bo’lishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi idrokning muhim xususiyatlaridan biri, ya’ni bittasi uni tuzilishga ega ekanligi, ya’ni strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag’zi hisoblanmish yaxlitlik haqida jonli mushohada bo’lishi mumkin emas. Chunki struktura qismlardan vujudga kelsa, alohidaliklar birikmasidan yaxlit tuzilma yaratiladi.
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog’liqdir.
Lekin to’g’ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo’lmog’i lozim:
1) Subyektning aks ettirishi zarur bo’lgan narsalar yuzasidan avvalgi uquvi, tasavvurlarining ko’lami, ularning kengligi, chuqurligi;
2) mazkur jism fan, voqyelik, muammo o’rganilishi bilan bog’liq bo’lgan maqsad, maqsad qo’ya olish;
3) perseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati;
4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o’zaro uyg’unligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism idrokning obyekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o’rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan obyekt hisoblanib, obyektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokning sifati obyektning fondan tez to’liq va aniq ajratib olish bilan belgilanadi.
Idrok qo’zg’atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha uning hamma xususiyatlari bilan birga aks ettiradi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan iboratdir degan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Idrok o’ziga xos tuzilishga ega bo’lgan hissiy bilishning sifat jihatdan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi (strukturaviyligi), konstantligi, anglanganligi, predmetliligi (jismliligi), tanlovchanligi (saralanuvchanligi) uning eng muhim xususiyatlaridandir.
Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga ko’z bilan aks ettirishning negizi bo’lmish ko’z harakatlari kiradi. Ular o’zlarining tuzilishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, sur’ati kabi belgilariga binoan, quyidagi turlarga ajratiladi:


  1. Yüklə 2,33 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin