Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə36/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157
Юридик псих. мажмуа

3.Rivojlanish tamoyili. O’rganilayotgan obyekt har vaqt harakatda bo’lishini nazarda tutish lozim.


7.Yuridik faoliyatda shaxsni o’rganishning psixologik usullari.

Shaxsni o’rganishda uning psixologik xususiyatlari, psixik jihat va sifatlari, tarbiyasi, faoliyati va yig’ilgan tajribalariga e’tibor berish lozim bo’ladi. Ya’ni:


biologik nuqtai nazaridan temperamenti (nerv tizimining jihatlari; faol holatga kelishipasayishi, rivojlanishi, doimiyligi) psixik jarayonlari (sezgi, qabul qilishi, tasavvuri va h.k.);
ijtimoiy nuqtai nazaridan jamiyatga bo’lgan munosabati (dunyoqarashi, e’tiqodi, intilishi, muloqoti, qoniqishlari, ijtimoiy rollari va h.k.)
bilimi, tajribasi intellektual va psixologik xususiyatlari (aqliy sifatlari, madaniyati, dunyo qarashlarining kengligi; psixik xususiyati; tafakkuri, xotirasining imkoniyatlari va h.k.) kabi masalalar o’rganiladi.
Shaxsni o’rganishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

  • psixologik testlar;

  • 10 ta so’z o’rganish va 10 ta so’zni takrorlash qay darajada ekanligini aniqlash (A.R.Luriya bo’yicha);

  • tushunchalarni taqqoslash (1 juft so’zlarning o’xshashligi va farqini aniqlash);

  • voqyealarning ketmaketligini aniqlash (kartochkalarni to’g’ri tahlab voqyeani ketmaketligini yoritib berish);

bilvosita eslab qolish (kartochkalar orqali so’z yordamida kerakli kartochkani topish).
Nazariy bilish usullari.
Yuqorida ta’kidlanganidek nazariy bilish usullari bu:

  • dialektik;

  • umumiy-ilmiy;

  • xususiy-ilmiy usullardir.

Shaxsga ta’sir ko’rsatuvchi psixologik usullar quyidagilardan iborat:

  • ma’lumot berish (og’zaki, yozma ravishda, sxema va grafiklar orqali);

  • qopqon o’yinlari orqali;

  • ta’sir o’tkazish;

  • ishontirish;

  • refleksiyani yuzaga keltirish (shaxsiy analiz qilish, shaxsiy xulq va ruhiy holati ustidan fikr yuritishi, hayolan o’zini o’zganing o’rniga qo’yib ko’rishi kabi ma’lumotlarni olish);

  • fikr yuritish vazifalarni qo’llash (yolg’on ko’rsatmalar berilayotgan paytda kerakli bo’lgan vazifalarni o’z vaqtida qo’yilishi va yechimini topilishi.)

Yuridik psixologiyada sud psixologik ekspertiza usullari yordamida ko’plab kerakli ma’lumotlarni yig’ish mumkin bo’ladi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin