Yuridik psixologiya


Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə64/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Chet el psixologiyasida shaxs nazariyalari


Jahon psixologiyasi fanida shaxsning kamoloti, uning rivojlanishi to’g’risida xilmaxil nazariyalar yaratilgan bo’lib, tadqiqotchilar inson shaxsini o’rganishda turlicha pozisiyada turadilar va muammo mohiyatini yoritishda o’ziga xos yondashishga egadirlar. Mazkur nazariyalar qatoriga biogenetik, sosiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixoanalistik, bixevioristik kabilarni kiritish mumkin. quyida sanab o’tilgan nazariyalar va ularning ayrim namoyandalari tomonidan shaxsni rivojlantirishning prinsiplari to’g’risidagi qarashlariga to’xtalib o’tamiz.
Biogenetik nazariyaning negizida insonning biologik yetilishi bosh omil sifatida qabul qilingan bo’lib, qolgan jarayonlarning taraqqiyoti ixtiyoriy xususiyat kasb etib, ular bilan o’zaro shunchaki aloqa tan olinadi, xolos. Mazkur nazariyaga binoan, taraqqiyotning bosh maqsadi biologik determinantlariga (aniqlovchilariga) qaratiladi va ularning mohiyatidan sosialpsixologik xususiyatlar keltirilib chiqariladi.
Taraqqiyot jarayonining o’zi, dastavval biologik yetilishning universal bosqichi sifatida sharhlanadi va talqin qilinadi.
Biogenetik qonunni F.Myuller va E.Gekkellar kashf qilishgan. Biogenetik qonuniyat organning taraqqiyoti nazariyasini tashviqot qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarixiy rol o’ynagan. Biroq organning individual va tarixiy taraqqiyoti munosabatlarini tushuntirishda qo’pol xatolarga yo’l qo’ygan. Jumladan, biogenetik qonunga ko’ra, shaxs psixologiyasining individual taraqqiyoti (ontogenez) butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining (filogenez) asosiy bosqichlarini qisqacha takrorlaydi, degan g’oya yotadi.
Nemis psixologi V.Shternning fikricha, chaqaloq (yangi tug’ilgan bola) hali u odam emas, balki faqat sut emizuvchi hayvondir, u olti oylikdan oshgach, psixik taraqqiyoti jihatidan faqat maymunlar darajasiga tenglashadi, ikki yoshida esa oddiy odam holiga keladi, besh yoshlarda ibtidoiy poda holatidagi odamlar darajasiga yetadi, maktab davridan boshlab ibtidoiy davrni boshidan kechiradi, kichik maktab yoshida o’rta asr kishilar ongiga va nihoyat yetukli davrdagina (16-18 yoshlarda) u hozirgi zamon kishilarining madaniy darajasiga erishadi.
Biogenetik nazariyaning yirik namoyandalaridan biri bo’lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb “rekapitulyasiya qonuni” ni (filogenezni qisqacha takrorlashni) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi. Olimning talqiniga binoan, go’daklik hayvonlarga xos taraqqiyot pallasini qaytarishdan boshqa narsa emas. Bolalik davri esa qadimgi odamlarning asosiy mashg’uloti bo’lgan ovchilik va baliqchilik davriga aynan mos keladi.
8-12 yosh oralig’ida o’sish davri o’smiroldi yoshidan iborat bo’lib, yovvoyilikning oxiri va sivilizasiyaning boshlanishidagi kamolot cho’qqisiga hamohangdir. O’spirinlik esa jinsiy yetilishdan (12-13) boshlanib to yetuklik davri kirib kelgunga qadar (22-25 yoshgacha) davom etib, u romantizmga ekvivalentdir.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin