Jinoiy guruhlar quyidagi belgilarga ega: Uyushganligi (qat’iy iyerarxiya, tartibqoida, pastki bo’g’in yuqori bo’g’inga bo’ysunishini inobatga olish);
Mustahkamligi (guruhning barbot bo’lishidan so’ng qayta tiklanishi);
Birlikligi (motivlarining birligi, bir maqsadga intilishi);
Muhofazalanganligi (muhofazaning borligi, aholiga psixik va fiziologik ta’sir ko’rsatishi).
Uyushganlik darajasi bo’yicha jinoiy guruhlar quyidagilarga bo’linadilar:
uyushgan jinoiy guruhlar;
jinoiy tashkilotlar;
jinoiy jamoalar.
2.Jinoiy guruhlarga psixologik tavsif
Jinoiy guruhning psixologik strukturasi shundan iboratki ularda integrasion munosabatlar o’rnatilgan. Bu munosabatlar muhit bilan bog’liq bo’lib ular shaxslararo, gorizontal, vertikal holatlarda bo’lishi mumkin.
Vertikal holatdagi itegrasion munosabatlar huquqni muhofaza qilish organlari va davlat organlari bilan aloqada bo’lishi mumkin. Ijtimoiyiqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va boshqa sharoitlar korrupsiya, soyaviy iqtisodiyotni keltirib chiqaradi va keyinchalik rivojlantiradi. Integrasion munosabatlar jinoiy guruh a’zolari o’rtasidagi rolliy vazifalarga suyanadi, chunki jinoiy faoliyatning xarakteriga ko’ra rollar, majburiyatlar jinoiy guruh a’zolari o’rtasida taqsimlanadi.
Jinoiy guruh o’zining xarakatlarini quyidagi tarzda amalga oshiradi: turli yo’llar bilan jinoyatni sodir etish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni yig’ish;
huquqni muhofaza qilish va boshqa organlarni doimo korrupsiyalashtirish (korrupsiyalashgan mansabdor shaxslar guruhini kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydilar kadrlarga tegishli savollarni hal etishga yordam beradilar va guruhning muhofazasini tashkillashtiradilar);
o’zlarining hattiharakatlariga tashqi qonuniylik berish maqsadida asosiy ijtimoiyiqtisodiy institutlardan mohirona foydalanish;
o’zlarining kuchliligi to’g’risida mishmishlar va qo’rquv tarqatish;
guruh sardorlarining qilmishlari bo’yicha ma’suliyatdan qutilish uchun kerakli bo’lgan boshqaruv tizimini tuzish (ya’ni, ayrim a’zolari jinoiy jazoga tortilganda ham jamoa saqlanib qoladi);
o’zlarining qora niyatlarini amalga oshirish va hududda hukumdorlik o’rnatish uchun turli jinoyatlarni sodir etish.
Jinoiy guruhning "yuragi urib turishi uchun" doimo faoliyat doirasini zamon va imkon tomonidan kengaytirib turish lozim. Bunday harakatlar bo’lmasa jinoiy faoliyatiga nuqta qo’yiladi.
Jinoiy guruhning ichki psixologik va funksional tizimi qanchalik mustahkam rivojlangan bo’lsa shunchalik uning faoliyati maqsadga yo’nalgan bo’ladi va a’zolari o’rtasidagi rollar va vazifalar aniq belgilangan bo’ladi.
Jinoiy guruh ishtirokchilari orasida faqat ishchi munosabatlar hukm suradi, shaxsiy munosabatlarga o’rin bo’lmaydi.
Jinoiy guruhda doimo 2 ta qarama-qarshi kuchlar to’qnashadilar: birinchi kuch guruhning ahil bo’lishiga o’z hissasini qo’shsa, ikkinchisi uning yoyilib ketishiga xarakat qiladi. Omadi chopgan paytida guruh yana bir tan bir jon bo’ladi, lekin omadni qo’ldan boy bergan holarda uning tarqalishi turgan gap.