Impulsiv (g’ayriixtiyoriy) jinoyatchilar tipi. Ayrim hayotiy vaziyatlar ular uchun birdaniga, to’satdan noqonuniy xatti-harakatga undovchi hisoblanadi. Bunday tipdagilar asabiyruhiy zo’riqish kuchaygan sharoitda tezda «o’zidan ketadi», darhol tajovuz, g’azab, rashk, vaziyat bilan bog’liq nafrat holatiga kiradilar.
Bunday jinoiy tiplar, ayniqsa, alkogol va narkotik vosi talardan mast hollarda o’zlarini namoyon etadilar. Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos narsa ularda g’ayriijtimoiy xatti-harakat ko’rinishlarining shakllanganligi, ya’ni o’zini o’zi nazorat qilish darajasining pastligidir. Shuningdek, jinoyat sodir etuvchi shaxslarning barqaror motivasion yo’nalganligi ularning muhim tipologik xususiyati hisoblanadi. Shu asosga ko’ra, quyidagi jinoiy tiplarni ajratish mumkin: axloqqa zid qarorlari ustunlik qiladigan jinoyatchilar;
barcha qulay sharoitlarda odatiy tusga kirgan jinoiy xatti-harakat motivlari ustunlik qiladigan jinoyatchilar;
muayyan hodisalar, muayyan guruh shaxslar, muayyan huquq bilan muhofaza etiladigan qadriyatlarga barqaror yomon munosabatda bo’lgan jinoyatchilar;
jinoiy xatti-harakati g’azablanish holati (disforiya), yuqori ruhiy hayajon (affektasiya), jamiyatdan begonalashuv (autiklik), ijtimoiy begonalik hissi tufayli yuzaga keladigan jinoyatchilar.
o’ziga xos «majburiy» jinoyatchilar – jinoyatlarni ular go’yoki chorasiz vaziyatda, subyektiv talqin etiladigan zarurat orqasida sodir etadilar.
gedonistik (soddalazzatlanish) jinoyatchilarning jinoyatlari utilitar ehtiyojlari haddan tashqari ortib ketgan sharoitda ularni qonuniy yo’l bilan qondirish mumkin bo’lmaganida yuzaga keladi.
barqaror g’ayriaxloqiy mayllar, ijtimoiy salbiy ehtiros va intilishlarga ega bo’lgan maniyak jinoyatchilar. Ko’p hollarda ular alkogolizm va narkotiklarga bog’liqlikka, psixopatologik xususiyatlar va jinsiy buzuqlikka chalingan bo’ladilar.
Jinoyatchi shaxsining barcha og’ir motivasion xususiyatlari ularning jinoiy xatti-harakatiga xos barqaror usullar, tegishli uquv va ko’nikmalari bilan bog’liq bo’ladi.
1 Qarang: O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. – T., 2008. – 15m.