Yuridik psixologiya


I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatining quyidagi to‘rtta asosiy tipini ajratgan



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə150/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   157
Юридик псих. мажмуа

I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatining quyidagi to‘rtta asosiy tipini ajratgan:

  1. kuchli, biroq muvozanatlashmagan tipida qo‘zg‘alish jarayonlari tormozlanishdan ustun turadi. Bu tip xolerik temperamentga mos keladi;

  2. kuchli, muvozanatlashgan tipda nerv jarayonlari juda harakatchan bo‘ladi. Oliy nerv faoliyatining bu tipi sangvinik temperamentga mos keladi;

  3. kuchli, muvozanatlashgan tipda nerv jarayonlari kam harakatchan («yuvosh», inert) bo‘ladi. Bu flegmatik temperamentga mos keladi;

  4. kuchsiz tip, bunda qo‘zg‘alish jarayoni ham, tormozlanish jarayoni ham sust bo‘ladi. Bu tipdagi kishilarda nerv sistemasining tez charchashi, qobiliyatining yo‘qolishi kuzatiladi. Bu melanxolik temperamentga taalluqli.

Temperamentni kriminal jihatdan baholab bo‘lmaydi va o‘zo‘zidan bunday bo‘lishi ham mumkin emas. Shaxsning jinoiy xattiharakatidagi temperamenti uning boshqa xususiyatlari bilan birga baholanadi. Yuqori dagilardan kelib chiqqan holda mahkumlar bilan tarbiyaviy jarayonni olib borishda ularning temperament xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak. Melanxolik temperamentli mahkumlardagi o‘ziga ishonchsizlik, shub halanish, o‘zi bilan o‘ralashib qolish kabi xususiyatlarni jamoatchilik ta’sirida bartaraf etish kerak bo‘ladi.
Umumiy va kasbiy ta’lim jarayonida ham temperament xususiyatlarini hisobga olish muhim. O‘quv materialini o‘zlashtirish qobiliyati mahkum larning o‘quv jarayonida muvaffaqiyatga erishishlariga sabab bo‘ladi. Shu bois o‘quv jarayonining samaradorligi mahkumlarning individualpsixolo gik xususiyatlarini hisobga olish darajasiga chambarchas bog‘liq. Sangvi niklar o‘quv materialini tez o‘zlashtiradilar, flegmatiklar yangi materialni o‘zlashtirishga ulgurmaydilar, xoleriklar esa yaxshi sharoitli darslarda faol bo‘lishadi, melanxoliklar mashg‘ulot sharoitlariga juda ta’sirchan, tarbiya chining dag‘al gapirishi yoki kulgiga olishini juda og‘ir qabul qiladilar.
Mehnat faoliyatida mahkumlarning temperamentidagi xususiyatlarni inobatga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har qanday faoliyat inson psixi kasining dinamikasiga ma’lum talablar qo‘yadi. Mahkum uchun ish tanla ganda uning temperamentiga e’tibor berish kerak. Lekin har doim ham muassasalarda bunga imkon bo‘lavermaydi. Shuning uchun mahkumni ish faoliyatiga yo‘llashda unga beriladigan topshiriqlarning individualligini, iloji boricha mahkum temperamentiga mos kelishini ta’minlash zarur.
Mahkumlarning yangi sharoitdagi hayotga ruhan tayyorgarligini tashkil etishda ularning temperamentidagi xususiyatlarni e’tiborga olish kerak.
Turli temperamentli mahkumlar hukm e’lon qilinganidan keyin har xil ruhiy holatlarni boshdan kechiradilar.
Mahkumlarni jamoaga birlashtirishda ham ularning temperamenti hisobga olinishi kerak. Kichik jamoalarda (brigada, zveno, kamerada) turli tipdagi temperamentga ega odamlar ni tanlash lozim. Bu ularning birbiriga mos kelishi uchun sharoit yaratadi.
Insonning individualpsixologik xususiyatlari va xulq-atvori o‘ziga xos bo‘lib, biri boshqasidan ko‘pgina jihatlari bilan farq qiladi. Individual xususiyatlarni biologik (ko‘z va soch rangi, qaddi-qomati va bo‘yi) va psixologik (mehnatsevarlik, e’tiborlilik, onglilik singari) turlarga bo‘lish mumkin.
Barcha biologik va ko‘pgina individualpsixologik xususiyatlar xulq atvor belgilariga taalluqli bo‘lmaydi. Masalan, birmuncha past mexanik xotira bunga misol bo‘la oladi.
Insonning fe’li, xulq-atvorini mukammal o‘rganish orqali uning har xil holatlarda o‘zini qanday tutishini oldindan bilish mumkin. Bu esa katta kriminologik ahamiyatga ega bo‘lib, masalan, JIEMdan ozod etilgan mah kumlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan qilmishlar va huquq buzarliklarning profilaktikasi uchun zarur.
Xulq-atvorning fiziologik asoslarini bilish JIEM xodimlari uchun juda muhim bo‘lib, mahkumlarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirish muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga imkon beradi.
Insonning xulq-atvori uning odatlariga uzviy bog‘liq bo‘ladi. Odatlar deganda, shakllangan harakatlar tushuniladi. Ular inson xarakterini belgilaydi. Xarakter esa kishining xattiharakati va faoliyatida namoyon bo‘la digan individualpsixologik xususiyatlar majmui hisoblanadi. U indivi duallikning muhim belgilaridan bo‘lib, kishiga takrorlanmaydigan o‘ziga xos xususiyatlar beradi, shaxsning irodasi, emotsional sohasi, temperamenti va intellektual (aqlidrok) xususiyatlarida namoyon bo‘ladi.
Xarakter belgilari kishining barqaror xususiyatlari hisoblanadi. U sekinasta o‘zgarishi ham mumkin. Xarakter insonlarning ancha barqaror va yaqqol ko‘rinadigan belgilaridan bo‘lganligi sababli xattiharakat (xulq atvor) va qilmishlarda, tabiat, jamiyat, faoliyati hamda o‘ziga nisbatan munosabatlarda ko‘zga tashlanadi. Xarakter ijtimoiy sharoitlar, o‘rganish va tarbiyalanishlar asosida astasekin shakllanadi. Bunda oila va maktab tarbiyasi, atrofdagilarning xulq-atvori katta ahamiyat kasb etadi. Bolalik va o‘smirlik davrida xarakterni tarbiyalab hamda rivojlantiribgina qolmay, balki uning ijobiy belgilarini mustahkamlashga, salbiylarini esa yo‘qotish ga harakat qilish lozim.
Insonning xarakteridagi o‘ziga xoslik intellektuallik, hissiyot va iroda xususiyatlarini beradi. Shu bois, mahkumlar xarakterini baholashda ularni hisobga olish juda muhimdir.
Mahkumlar xarakteridagi umumiy (birbiriga o‘xshaydigan) va xususiy (farqlanuvchi) tomonlarni yuzaga chiqarish kerak. Yakkalikka vaegoist (xudbin) likkaharakat qilish ularning xarakteridagi umumiy belgilardandir.
Shaxsning jinoyat yo‘liga kirib ketishida uning fe’latvoridagi xusu siyatlari katta o‘rin tutadi. Baxillik, ochko‘zlik, o‘zgalar mulkiga ko‘z olaytirish shular jumlasidan bo‘lib, mulkiy jinoyatlarni yuzaga ketiradi.
Mahkumning xulq-atvoridagi irodasizlik, ginaxonlik va mas’uliyatni his etmaslik kabi xislatlar uning jazoni ijro etish muassasalaridagi jinoiy guruhlarga qo‘shilib ketishiga sabab bo‘ladi.
Mahkumlarning xarakterida, yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlardan tashqari, patologik buzilish – psixopatiya holati ham ko‘p uchraydi. Bun day xarakterli mahkumlar jamiyat uchun xavfli hisoblanadi. Ularga nisba tan majburiy davolash choralari ko‘riladi.
Mahkumlar xarakterini to‘g‘ri yo‘lga solishda ularni o‘rganish va baholash zarur shart sanaladi. Buning uchun tarbiyachi psixologiya usul larini bilishi lozim. Kuchli hishayajonni yuzaga keltiradigan sharoitlarda mahkumlarning o‘zini tutishi va ularning faoliyatini o‘rganish xarakterni baholashda alohida ahamiyatga ega.
Tartibintizomli bo‘lish uchun shaxsda bir necha o‘zaro bog‘liq belgilar – ziyraklik, harakatchanlik, bajaruvchilik, qat’iyat, faollik, musta qillik kabilar shakllanishi lozim. Ularni mujassamlashtirish orqali xarakter dagi intizomni tarbiyalash mumkin bo‘ladi. Buning uchun tarbiyachilardan uzluksiz ravishda ishlarni har tomonlama to‘g‘ri tashkil etish talab etiladi.
Mahkumlar orasida olib boriladigan ishlarda har qanday mafkura quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutadi:

  • muayyan g‘oyaga ishontirish;

  • uyushtirish;

  • safarbar etish;

  • ma’naviyruhiy rag‘batlantirish;

  • g‘oyaviy tarbiyalash;

  • g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;

  • harakat dasturi bo‘lish.

Mafkura o‘z oldiga qo‘yilgan shu kabi maqsadlarni bajara olsagina, amaliy samara berishi mumkin. Shuning uchun yangilanayotgan jamiyati mizda sog‘lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllanti rish, ma’naviyma’rifiy ishlarni yuksak darajaga ko‘tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga muhim e’tibor berilmoqda1, – deb ta’kidlay di O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov. Mahkumlarning xulq-atvori munosabatlar orqali shakllanib boradi. Lekin ularni muassasa hayotidagi faol munosabatlarga birdaniga aralash tirish maqsadga muvofiq emas.
Mahkumning xulqiga jamoada unga nisbatan qilinadigan munosabat lar ham ta’sir etadi. Qo‘pol yoki yumshoq, quruq yoki hayajonli, ko‘ngilni ezadigan yoki ruhan ko‘taradigan muomala mahkumlarda salbiy xulqning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nizoli holatlar mahkumlarning xulqini tarbiyalashda alohida o‘rin tutadi. Bu vaqtda uning xarakteridagi kamchiliklarni tez aniqlab olishga imkon bo‘ladi. Mahkumlar xulqini tarbiyalashda ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga alohida e’tibor qaratish kerak. Tarbiyachi o‘zining xulqi bilan mahkumlarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Lekin ko‘pgina mahkumlar jinoyat olamidagi «avtoritet»larga o‘xshagisi va ulardan o‘rnak olgisi keladi.
Mahkumlarda ijobiy odatlarni shakllantirish va salbiylarini bartaraf qilish uchun ikkita yo‘nalish tanlab olingan:

  1. o‘zini tutish uchun qanday harakat qilish kerakligini to‘g‘ri tushunish;

  2. o‘zini to‘g‘ri tutishni tashkil etish.

Mahkumlar xulqiga mehnat faoliyatining ta’siri juda kattadir. Ish davomida ularda mehnatsevarlik, tashkilotchilik va irodaviy belgilar shakl lana boradi. O‘quv jarayonida ham mahkumlarning xulq-atvori mustah kamlanadi. Qo‘yilgan talablarni doimiy ravishda bajarib borish natijasida ularning xulqi yaxshilanib boradi. Mahkumlarga psixologik ta’sir ko‘rsatishda differentsial va yakka tartibdagi yondashuv muhim hisoblanadi.
O‘zini o‘zi tarbiyalash mahkumlar xulq-atvorini qayta tarbiyalashdagi zaruriy shartlardan biri hisoblanadi. Agar mahkum psixika nima ekanligini bilsa va o‘zining shaxsiy xarakteri qanday xususiyatlarga ega ekanligini tasavvur eta olsa, bu jarayon muvaffaqiyatli o‘tadi. Aytish mumkinki, psi xologiya masalasida, tarbiya va o‘zo‘zini tarbiyalash yoxud muassasada xulq-atvorni to‘g‘ri yo‘lga solish bo‘yicha qanday ishlar tashkil etilganligi borasidagi suhbatlar va ma’ruzalar o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

1 Karimov I. A. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T., 2001. – 67b
Mahkumlar orasida murakkab, umumiy va xususiy qobiliyatlari yuqori darajada rivojlangan odamlar ham uchraydi. Ular musiqa, yozuvchilik, aktyorlik, konstruktorlik, tashkilotchilik faoliyati, o‘qish, texnika kabilarga nisbatan o‘ta qobiliyatli bo‘lishadi. Ularning ayrimlari o‘z qobiliyatlarini muassasa hayotiga bag‘ishlaydilar, jamoa qiziqishlari bilan birga bo‘ladilar. Ba’zilari esa, afsuski, o‘z qobiliyatlarini jinoiy maqsadga yo‘naltiradilar. Masalan, rassomlikka qobiliyati bor mahkum pullarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanishi, musiqaga qobiliyati bori o‘g‘rilar to‘g‘risidagi qo‘shiqlarni yaratishi, ixtirochisi esa qochishning original yo‘llarini o‘ylab topishi, yaxshi tashkilotchisi esa jinoiy guruhlar tuzishi, ularga boshchilik qilib, jinoiy harakatlarga sabab bo‘lishi mumkin. U yoki bu jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan huquqbuzar borabora «mutaxas sislashadi» va qobiliyati bo‘yicha yuqori darajaga ega bo‘lib, o‘z faoliyati mobaynida shaxsiy jinoiy «imzosi»ni shakllantirib boradi.


Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin