6.Jazoni o’tab qaytganlarni ijtimoiy readaptasiyalashtirishning psixologik muammolari. Belgilangan shartsharoitdagi yashash, atrofdagi ijtimoiy muhit, maxsus talablardan iborat jazo o‘tash rejimi kabilarga mahkumning moslashishi JIEMga kelib tushishning ilk davrlarida juda og‘ir kechadi. Moslashish shaxsning muayyan muhitga o‘zining xattiharakatlari bilan singib ketishi hisoblanadi.
Yangi muhitga moslashuv jarayoni Ijtimoiy-psixologik mexanizm tufayli sodir bo‘ladi. Bunda shaxsning yangi muhitdagi shartsharoit hamda o‘zaro munosabatlarga moslashishida uning faoliyatiga qo‘yiladi gan turli normalar va o‘zini tutish qoidalari o‘rganiladi. Yuqoridagi holat larning har biri mahkumning jazoni ijro etish muassasasidagi yangi muhit ga Ijtimoiy-psixologik tarzda moslashuv darajasini ifodalaydi. Ushbu adaptatsiyaning yakuniy natijasi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi ham mumkin.
Ijtimoiy-psixologik moslashuv natijasi mahkumning guruh (brigada, turkum) asosida faoliyati o‘tadigan jamoaga, jazoni ijro etish muassasasi kun tartibi va rejim talablariga, o‘tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga nisbatan ijo biy munosabatda bo‘lishi hamda shaxsiy maqomi (statusi) bilan belgilanadi.
Moslashuv jarayonining muvaffaqiyatli bo‘lishi va biror natija chiqi shiga obyektiv va subyektiv omillar majmui katta ta’sir ko‘rsatadi.
Obyektiv omillarga quyidagilar kiradi: mahkumning odatdagi ijtimoiy atrof muhitdan uzoq muddat ajralgan holda bo‘lishi, muhitning nisbatan doira viy cheklanganligi – hayot tarzining bir xilligi va ijtimoiy axborotning tanqisligi, kuchaytirilgan nazorat, hayot tarzidagi odatiy vaqthushliklarning yo‘qligi, jinsiy aloqalarning detrivatsiyasi, kichik guruhlarning fao liyat ko‘rsatishi shular jumlasidandir. Subyektiv omillarga esa jazoni o‘tashga kelgan yangi mahkumdagi shaxsiy xususiyatlar va ijtimoiy-psixologik muhit ta’siri ostida yuzaga keladigan yuqori darajadagi his hayajon, xavotir, muloqotning yetishmasligi singari omillar kiradi.
Mahkumlarning jazoni ijro etish muassasasi hayotiga moslashuvidagi xususiyatlariga baho berish maqsadida ekspert baholash uslubi, hujjatlarni tahlil qilish, ijtimoiy kuzatuv, mahkumlardan intervyu va anketa so‘rovno malari olish kabilar o‘tkaziladi.
Jazoni ijro etish muassasasining saqlash rejimiga ko‘ra mahkumlar ning moslashuv davri tahlil qilinganida, qattiq va umumiy rejimli JIEMdagi mahkumlar maxsus rejimdagilarga qaraganda hayot tarziga tezroq mos lashib borishlari oydinlashdi. Umumiy rejimdagi mahkumlarning 50% va qattiq rejimdagilarning 42% uchun moslashuv davri 3 hafta, maxsus tartib li muassasalardagi mahkumlarning 28% uchun esa 3–4 hafta davom etadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, ba’zi mahkumlarning moslashuv davri olti oydan bir yilgacha, hatto undan ham ko‘proqqa cho‘ziladi (bu ko‘rsatkich umumiy rejimdagi muassasalarda 10%, qattiq rejimlida 6%, maxsus rejimlida esa 13% ni tashkil etadi)1. Ushbu toifadagilarga psixologik va shaxsi buzuq mahkumlar kiradi. Ular oddiy sanitargigienik talablarga rioya qilmay, odam o‘ldirganliklari yoki yosh bolalarni zo‘rlaganliklari uchun ozodlik dan mahrum qilingan mahkumlardir. Muassasa xodimlari ularni tarbiya lash jarayonida alohida psixologopedagogik xarakterdagi tadbirlar majmuidan foydalansalar, mahkumlarning moslashuv davri tezroq kechadi.
Jazoni ijro etish muassasasida hayot tarziga tez moslasha olgan, lekin tarbiyaviy ta’sirlarga e’tibor qilmaydigan mahkumlar qiyinchilik tug‘diradilar. Ularning muassasa hayot tarziga tezroq moslashuvi o‘zaro janjallar tufayli sodir bo‘lishini alohida qayd etish mumkin.
Ijtimoiy-psixologik moslashuvning muvaffaqiyatli bo‘lishi mahkumlar guruhidagi munosabatlarning turg‘un bo‘lishini ta’minlovchi eng muhim omil hisoblanib, jazoni ijro etish muassasasidagi muhitga, shaxslarni tarbiyalashdagi samaradorlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Yuqoridagilar mahkumning JIEMga kelgan ilk kunidanoq boshlanadi va ozod bo‘lganidan so‘ng ish bilan ta’minlangach yakunlanadi. Shu masalalarni hal etish bilan shaxslarning psixologik holati, moslashish shakli va darajasini tezkor aniqlash imkoniyati yuzaga keladi.
Jazoni ijro etish muassasalaridagi salbiy holatlardan biri ayrim mah kumlarning shartsharoit yoxud jazoni o‘tash talablariga moslasha olmasligi bo‘lib, bu hol readaptatsiya deb ataladi. Yangi kelgan mahkumlar orasida bunday o‘zgarishlarni ma’lum vaqt o‘tsada, ruhiyatiga singdira olmaydiganlari ham uchraydi.
Mahkumlarning readaptatsiya (moslasha olmaslik) muammosi keyingi vaqtlardagi maxsus adabiyotlarda sinchikovlik bilan yoritib kelinmoqda. Muassasaga yangi kelgan ayrim mahkumlarning undagi sharoit va qonun qoidalarga moslasha olmasligi yoki moslashsada, bu jarayonning qiyin chilik bilan kechishi sir emas.
V. I. Omigov hamda A. I. Kanunniklar o‘z ilmiy ishlarida dezadaptatsiya (sharoitga moslasha olmaslik muammosi) ning jinoiyhuquqiy, kriminologik va mehnat orqali tarbiyalash tamoyil larini chuqur tahlil etib,mahkumlarning toifalariga qarab profilaktik choratadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida takliflar kiritganlar.
Ijtimoiy-psixologik izolyatsiya, o‘zaro muloqotlardan ayrim shaxs larning qochishi faqat mahkumlargagina tegishli holat emas. Psixologlarning tadqiqotlaridan ma’lum bo‘lishicha, ushbu holat katta va kichik guruhlarda ham bo‘lishi mumkin. Shu bois jazoni ijro etish muassasasi sharoitiga moslashmagan mahkumlarning paydo bo‘lishi qonuniyat bo‘lib qolgan.
Ozodlikda inson muloqot qilish muhitini xohlaganicha o‘zgartirishi mumkin, ya’ni o‘ziga yoqmagan kishilarning muloqotidan saqlanish imkoniyati mavjud. Ozodlikdan mahrum etish joylarida esa buning aksi, ya’ni mahkum xohlasaxohlamasa shu muhitda qolishi shart. Ayrim mahkumlar bunday muhitga singib ketolmaydilar. Natijada atrofdagilar bilan muomalasi to‘g‘ri kelmay qoladi. Shu bilan birga, ular muassasaning rejim talablari va maxsus o‘rnatilgan tartibqoidalarga bo‘ysunishni xohlamaydilar. Bu esa mahkumlarni tarbiyalash mobaynida ijobiy o‘zgarishlarning yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi.
Mahkumlarning JIEMda moslasha olmaslik sabablaridan yana biri – u yerdagi norasmiy qoidalar va me’yorlar. Ayni paytda respublikamizning jazoni ijro etish muassasalarida bunday qoida va me’yorlar bartaraf etilgan bo‘lsada, butunlay yo‘qolib ketmagan. Shu sababdan, jazoni ijro etish muassasalari rahbariyati tomonidan bunday illatlarni yo‘qotish bo‘yicha muayyan choralar ko‘rilmoqda. Masalan, profilaktik tadbirlarni kuchayti rish, unga tarbiyaviy yo‘l bilan yondashish, psixologik ta’sir o‘tkazish kabilar shular jumlasidandir. Har qanday yo‘l bilan bo‘lsada, norasmiy qoida va me’yorlarni bartaraf etish mahkumlar orasidagi ijtimoiy muhit ning ijobiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi. Bu esa moslasha olmayot ganlar sonini kamaytiradi. Bunga erishishda JIEMda rasman o‘rnatilgan tartib va qonunqoidalarning mahkumlar tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. Ularni mahkumlar ongiga singdirishdan oldin muas sasaning psixolog-tarbiyachilari tomonidan bunga ruhan moslashtirilishi zarur. Shundagina bu ishlardan yuqori samara olish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar ning moslashuviga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish mumkin. Ammo bu jazoni ijro etish muassasasidagi 100% mahkumlarning mavjud sharoit va tartibqoidalarga moslashib ketishi aniq degani emas. Maqsad – ana shunday moslasha olmaganlarga nisbatan yuqoridagi choratadbirlarni qo‘llash orqali ta’sir etish va ularning sonini keskin kamaytirishdan iborat.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, aksariyat mahkumlar jazoni ijro etish muassasasining tartibqoidalari hamda jamoa talablariga rioya qilishadi va majburiyatlarini ongli ravishda bajaradilar.
Ba’zilari yangi muhitga qiyin moslashadilar. Uchinchi xildagilari esa muassasa tartibqoidalarini doimo buzib keladilar. Shungacha mahkumni tarbiyalash uchun uni muassasa fao liyati va hayotiga aralashtirib yuborish kerak. Agar tarbiyachilar mahkum larning jazoni o‘tash muassasasidagi jamoaga singib ketishining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini yaxshi bilsalar, ushbu maqsadga erisha oladilar.
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tarbiyaviy bo’limining 2002 yilgi ma’lumotlaridan.
Fiziologik nuqtai nazardan qaraganda, mahkumlarning jamoa bilan tez kelishib ketishi ichki stereotipning qayta ko‘rilishi bilan tavsiflanadi va shunga ko‘ra tashqi stereotip o‘zgargan bo‘ladi.
Tarbiyaviy ishlar mobaynida shuni kuzatish mumkinki, mahkumlar yangi sharoitda o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar, vazmin va kamtarona bo‘lib qoladilar, tartibqoidalarni buzmaydilar. Bu ularning hayot tarzini to‘sat dan o‘zgarishi bilan izohlanadi.
Muassasaga yangi kelgan mahkumlarning ichki dunyosida o‘ziga xos yangilanishlar yuzaga keladi. Ular eski odatlari, qarashlari va fikrlarini o‘zgartirishga harakat qiladilar, chunki muhit shuni talab qiladi. Natijada psixikada sinish sodir bo‘ladi. Insonning turmush tarzi uning ongini belgi laydi, chunki jamiyatda yashab uning talab va qoidalarini bajarmaslikning hech ham ilojisi yo‘q. Bu tabiat va jamiyat qonunidir.
Mahkumlar orasida muassasa hayotiga tez ko‘nikib ketadiganlari ham topiladi. Ya’ni muassasaning odatlari va an’analarini obdan o‘rganib, ichki dunyoqarashidan kelib chiqib, boshqa mahkumlar bilan oson chiqishib ketadilar. Qolgan mahkumlarda esa ushbu jarayon juda qiyin kechishi mumkin. Bu holni quyidagicha tushuntirish mumkin: ayrim mahkumlardagi eski stereotipning yangisi, ya’ni tashqi ta’sirlar tufayli paydo bo‘lganidan unchalik farq qilmasligi ularning har qanday holatga tezda ko‘nikib ketishlariga sabab bo‘ladi.
Agar muassasadagi sharoit mahkumning ilgarigi turmush tarzidan tubdan farq qiladigan bo‘lsa va yangi talablar eskilariga to‘g‘ri kelmasa, u holda korrektsiyalash – «almashinish» qonuniyati yuzaga keladi. Natijada yangi fikr va qarashlar o‘rnini eskilari egallaydi hamda stereotip (odat) ning sinishiga olib keladi. Bu esa ko‘pgina kishilarga juda yomon ta’sir qiladi. Odatda, shunday hollarda mahkumning ichki dunyosida qarama qarshiliklar vujudga keladi.
Mahkumning muassasa hayotiga moslashib keta olmasligiga quyidagi obyektiv va subyektiv omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin:
muassasaga yangi kelgan mahkumning boshqa mahkumlar bilan muomalaga tez kirisha olmasligi yoki tashqi ta’sirlarga o‘ta yuqori daraja da beriluvchanligi;
ma’muriyatning tarbiyaviy ishlar olib borishga qaratilgan faoliyatiga qarshi mahkumning harakatlari;
mahkumning muqaddam bir necha marotaba sudlanganligi;
pedagogik tartibqoidalarga nisbatan mahkumning ma’naviy jihat dan tubanlik darajasi.
Mahkumning jamoaga qo‘shilib ketishdagi to‘siqlarni yengib o‘tishini undagi o‘ziga xos jarayonning yashirin davri deb hisoblash mumkin. Ular ni quyidagi uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganib chiqish mumkin:
yangi sharoit (muassasa)ga moslashish;
jamoaga va muassasa xodimlariga nisbatan dastlabki munosabat larning mahkumda shakllanib borishi;
mahkumning jamoada va kichik guruhda o‘z o‘rnini topishi. Mahkumning bu jarayonlarga qanday moslashishi kelgusidagi tarbiya
si va to‘g‘ri yo‘lga kirishiga sezilarli ta’sir qiladi. Agar tarbiyachilar, mah kumlar bilan tarbiyaviy ish olib borishning asl maqsadi, mohiyati, maz muni va qonunqoidalarini chuqur tushunsalar, qiyin holatlardagi yoxud kutilmagan hodisa va murakkab jarayonlardagi muammolarni to‘g‘ri hal qila oladilar. Barcha xodimlar, pedagoglar, tarbiyachilar bunga doimo e’tibor qaratishlari lozim.
«Mahkumlarni axloqan tuzatish va tarbiyaviy ishlarni namunali amal ga oshirish uchun umumiy va yakka tartibli tarbiyaviy ishlarning aniq tizi mini tashkil etish talab qilinadi. Psixologik-pedagogik adabiyotlarning ushbu muammoga bag‘ishlangan tarmoqlari tahlili va jazoni o‘tash muas sasalaridagi eng yaxshi pedagogik jamoalarning malakasini o‘rganib chiqib, joylarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni ma’lum bir davrlarga ajratish lozim»1, – deydi psixolog olimlar V. G. Deev va P. P. Prokopov.
Jumladan, ular quyidagi davrlarga bo‘lishgan: