birinchi davr – muassasa hayotiga moslashish davri. Bunda tarbiyachi har bir mahkumning ijobiy va salbiy xislatlarini tahlil etib, salbiylarini bartaraf etish hamda ijobiylarini ko‘paytirish yo‘llarini izlaydi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari va peda gogik muhitni inobatga olib, butun jazo muddati davomida mahkumlar ning amalga oshiradigan aniq vazifalari hamda tarbiyaviy ishlarning bosh yo‘nalishlarini xodim belgilab oladi. Bu davr 1,5–2 oy davom etadi;
ikkinchi davr – korrektsiyalash (to‘g‘ri yo‘lga solish) davri bo‘lib, unda mo‘ljallangan tarbiyaviy ishlar dasturini amalga oshirish boshlanadi. Bu jarayonda mahkumlarning salbiy qarashlari, yomon odatlari ijobiy tomon ga yo‘naltirib boriladi. Bunda mahkumlarning ijobiy xislatlari e’tiborga olinadi;
uchinchi davr – readaptatsiya (mahkumlarni ozod qilishga tayyor lash) davri bo‘lib, JIEM ma’muriyati ozodlikdan mahrum etilgan shaxs ning jazo muddati tugashiga uzog‘i bilan uch oy qolganida uni ozodlikka chiqarishga tayyorlash ishlarini boshlaydi, ijtimoiy hayotga moslashuviga monelik qilayotgan omillarni aniqlaydi, uning muassasadan ozod bo‘lgani dan keyingi huquq va burchlarini tushuntiradilar. Ushbu bosqichda mah kumning to‘g‘ri yo‘lga kirganligi, davlat, jamiyat va mehnatga munosa batining yaxshi tomonga o‘zgarganlik darajasi aniqlanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, yuqoridagi sanab o‘tilgan barcha tarbiyaviy ish bos qichlari mahkumlarni tarbiyalashda o‘zaro bog‘liq.
Balog‘at yoshiga yetmaganlarning kattalarga nisbatan tarbiyalanish darajasi mahkumlikda quyidagicha bo‘lishi mumkin:
voyaga yetmagan mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borish jarayonining dastlabki darajasidamahkum ozodlikdan mahrum etilgach, ushbu jarayonni kuchli hayajon bilan qabul qiladi va qattiq xafa bo‘ladi. Bu eski turmush tarzining boshqa sharoitga aylanishi bilan yuzaga keladi. Yosh mahkum ko‘p vaqt otaona va yaqinlaridan yiroq bo‘lishini o‘ylab tushkunlikka tushadi. Hayot tarzining shiddat bilan o‘zgarishi yoshlarda salbiy ruhiy o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi.
Ma’lum fursat o‘tishi bilan turli siyosiytarbiyaviy ishlar ta’sirida mahkumlar tarbiyaning asosiy maqsadini, o‘zlarining yomon odatlaridan voz kechish zarurligini anglab yetadilar.
1 Deyev V. G., Prokopov P. P. Organizasiya vospitatelnoy rabotы s osuj dennыmi v otryade. – M., 1981. – S. 72.
mahkumlar bilan tarbiyaviy ish olib borish jarayonining ikkinchi darajasida ular mehnatda, o‘qishda, jamoat ishlarida o‘rnak ko‘rsatishlari hamda muassasa tartibqoidalarini buzmasliklari kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, mahkumlar yaxshi xulq-atvorda bo‘lish va muassasadagi tartib qoidalarga bo‘ysunishi shartligini anglaydilar.
tarbiyalashning uchinchi darajasida mahkumning axloqan tuzalish yo‘liga o‘tganligi, ongining shakllanganligi, yaxshi xulq-atvorga ega ekan ligi bilan ajralib turadi. Ularning tarbiyalanganlik darajasi mahkumning faoliyati va o‘zini tutishni qanchalik boshqara olishi bilan belgilanadi.
Tarbiyachilar mahkumning faoliyatidagi o‘zgarishlarga qarab, uning to‘g‘ri yo‘lga kirganligining asosiy mezonini aniqlaydilar. Tarbiyalanayot gan mahkumlarni uch guruhga ajratish mumkin:
o‘z harakatlari, qilmishlari va o‘zini tutishda mavhumlikka ega bo‘lganlar;
axloqan tuzalish yo‘liga kirish va halol mehnat qilishni xohlamay diganlar;
umuman tarbiyalanishni xohlamaydigan, muassasa tartibqoidalarini qo‘pol ravishda buzuvchi va jamoatchilik ishlarida ishtirok etmaydiganlar.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirishdagi ba’zi omillar tufayli tar biya jarayoni oxiriga yetmay qolishi mumkin. Aksariyat mahkumlarning o‘ta tubanligi kabi sabablar ko‘zlangan maqsadga erishishga to‘sqinlik qiladi. Jazo muddatini o‘tab chiqqan mahkumlarning ko‘pchilik qismi hayotda to‘g‘ri yo‘lga kirsalarda, ayrimlari jazoni ijro etish muassasasida yaxshi tarbiyalanmaganliklari uchun qayta jinoyat sodir etadilar.