Yuridik psixologiya


Bu masalalarga tizimli yondoshish uchun quyidagi bosqichlarda ish olib borish zarur



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə38/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Bu masalalarga tizimli yondoshish uchun quyidagi bosqichlarda ish olib borish zarur:
birinchidan: faoliyat davomida namoyon bo’layotgan kasbiy mahorat sifatlarini aniqlash;
ikkinchidan: shaxsiy sifatlarni belgilash;
uchinchidan: kasbgramma strukturasini tuzish (ya’ni, kasbiy mahorat shaxsiy bilim, ko’nikma malakalarning taqsimlanishi);
to’rtinchidan: “inson va huquq” tizimidagi bog’liqlikni aniqlash kabilar.
Shaxs yuridik kasbini tanlashdan oldin, birinchi o’rinda bo’lg’usi kasb faoliyatining murakkabligi va unga qo’yilgan talablar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi kerak.
Yuridik sohasiga oid ma’lumotlar, kasbga bo’lgan muhabbat, shaxsiy qobiliyatlardan tashqari shaxsda katta hayotiy tajriba, kasbiy ko’nikma va malakalarni hosil bo’lishini talab qiladi (masalan, ko’pchilik yoshlar uchun yuridik institutiga kirish obro’li bo’lib hisoblanadi, lekin mazkur kasbga bo’lgan munosabat shakllanmagan bo’lishi mumukin).
Yuridik mehnat faoliyatning boshqa kasblardan ajralib turuvchi tomonlari quyidagilardan iborat:
birinchidan: tergovchi, prokuror, sudya, advokatlarning har bir yangi ishlari yangi vazifalarni bajarishga undaydi. Bu vazifalarga yangicha yondoshish va munosabatdda bo’lish, haqiqatni qo’lga kirishida yordam beradi;
ikkinchidan: har bir yurist xodimi o’zining xarakatlarini qonun normalari bilan solishtirib ko’rishi lozim;
uchinchidan: yurist xodim nafaqat o’zining shaxsiy ish faoliyatini tashkil qilishi, balki boshqalar bilan qay tarzda ish olib borishi kerakligi kabi masalalarni yechishi lozim.
Yuridik mehnat faoliyatida kasbiy etikasiga rioya qilish muhim ahamiyatga ega.
Kasbiy etika hulq kodeksi – ya’ni, odamlar orasida kasbiy faoliyat asosida mavjud o’zaro munosabatlarning axloqiy tavsifini ifodalaydi. Umumiy bir jamiyat yoki sinfga tegishli bo’lgan axloqiy talablardan tashqari, ayrim kasbiy faoliyat turlari uchun ham maxsus xulq normalari mavjud. Bu normalarni qabul qilish va ularga rioya etish ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin