Zararlarni kelgusiga o‘tkazish Daromadlar va xarajatlarga kiritilgan tuzatishlarni inobatga olgan holda chegirilishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi soliq to‘lovchining zarari deb e’tirof etiladi. Muomaladagi qimmatli qog‘ozlar va muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha zararlar tadbirkorlik faoliyatidan ko‘rilgan zararlar deb e’tirof etiladi. Oldingi soliq davrida (davrlarida) hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) bo‘lgan soliq to‘lovchi joriy soliq davrining foydasini ushbu ko‘rilgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Soliq bazasi oldingi soliq davrida (davrlarida) ko‘rilgan zarar summasiga faqat joriy soliq davrining yakunlari bo‘yicha kamaytirilishi mumkin.
Bir kalendar yildan ortiq yillarda ko‘rilgan zararlar ular ko‘rilgan ketma-ketlikda o‘tkaziladi.
Qayta tashkil etish munosabati bilan o‘tkaziladigan zararlar soliq to‘lovchilar bo‘lgan huquqiy vorislar o‘rtasida taqsimlash balansi asosida o‘tkaziladigan aktivlar qiymatining qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs aktivlari qiymatidagi taqsimlash balansini tuzish sanasidan oldingi sanadagi holatiga ko‘ra solishtirma miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va o‘tkaziladi.
Huquqiy voris bo‘lgan soliq to‘lovchi qayta tashkil etilgan taqdirda, uning ilgari o‘z faoliyatini tugatgan soliq to‘lovchidan ko‘rgan zararlari o‘tkazilmaydi.
Qayta tashkil etilganda zararlarni o‘tkazish
Quyidagi soliq to‘lovchilar:
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan