Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV



Yüklə 219,8 Kb.
səhifə2/16
tarix10.11.2022
ölçüsü219,8 Kb.
#68345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
GGGGGGGGGGGGGGGGGGGGGGG

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-son qaroriga muvofiq yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomning amal qilishi yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq to‘lovchi hisoblangan alohida bo‘linmalariga tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi tayyor mahsulot chiqargan holda ishlab chiqarish texnologik jarayonining yakunlovchi bosqichlari amalga oshiriladigan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalariga tatbiq etiladi. Bunda yuridik shaxs tomonidan realizatsiya qilinadigan har qanday mahsulot tayyor mahsulot hisoblanadi.
Ushbu Nizomni qo‘llash maqsadida yuridik shaxsning ayrim funksiyalarini bajaruvchi, joylashgan joyi bo‘yicha turg‘un ish o‘rinlari bilan jihozlangan hududiy alohida bo‘linma yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi deb e’tirof etiladi. Ish o‘rni bir oydan ortiq bo‘lgan muddatga tashkil etilgan taqdirda, u turg‘un hisoblanadi.
Ushbu Nizom tatbiq etiladigan alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar ro‘yxati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar bir oydan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu ro‘yxatga kiritilgan yuridik shaxslar besh kun muddatda soliq bo‘yicha hisobga olingan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan xabardor qilinadi.
3. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi bo‘yicha soliq majburiyatlari ushbu alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan soliqlar ulushi u joylashgan joy bo‘yicha to‘langan holda yuridik shaxsning o‘zi tomonidan bajariladi.
4. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha quyidagi soliqlar to‘lanadi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aksiz solig‘i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
Keyingi tahrirga qarang.
yagona soliq to‘lovi.
5. Ushbu Nizomning amal qilishidan qat’i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 81-moddasida belgilangan tartibda soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha to‘lanadi.
6. Yuridik shaxs ichida, shu jumladan uning alohida bo‘linmalari o‘rtasida mol mulkni topshirish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish realizatsiya qilish sifatida qaralmaydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mustaqil soliq to‘lovchilar hisoblangan yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari uchun bunday topshirishlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash maqsadida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma deb hisoblanadi.

Yüklə 219,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin