Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 219,8 Kb.
səhifə14/16
tarix10.11.2022
ölçüsü219,8 Kb.
#68345
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
GGGGGGGGGGGGGGGGGGGGGGG

4-§. Aksiz solig‘i
10. Alohida bo‘linma joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan aksiz solig‘i summasi alohida bo‘linmaga to‘g‘ri keladigan qonunchilikda belgilangan tartibda soliq solinadigan bazadan kelib chiqib aniqlanadi.
5-§. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq
11. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanadigan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi tomonidan kavlab olingan tayyor mahsulotlar hajmidan kelib chiqib aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxslarni soliq bo‘yicha hisobga qo‘yish va ular tomonidan alohida bo‘linmalar bo‘yicha soliq majburiyatlari bajarilishi tartibi
12. Ushbu Nizomning amal qilishi tatbiq qilinadigan yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bilan birga alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxslar ro‘yxatiga kiritilganligi haqida xabarnoma olingan kundan boshlab 10 kundan kechikmay soliq to‘lovchi sifatida alohida bo‘linmalar joylashgan joy bo‘yicha hisobga turishi shart.
13. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi soliq hisobotlari taqdim etiladi:
a) 1 — 3-ilovalarga muvofiq shakllar bo‘yicha yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi va qo‘shilgan qiymat solig‘i summalari hisob-kitoblari. Ushbu hisob-kitoblar yuridik shaxsning soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisobotlari shakllarida nazarda tutilgan tegishli soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar asosida tuziladi va unda yuridik shaxsning har bir alohida bo‘linmasi bo‘yicha soliq summalari alohida satrda ajratib ko‘rsatiladi. Bunda yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organlariga hisob-kitoblar taqdim etilayotganda ushbu Nizomga 1 — 3-ilovalarga muvofiq uning har bir alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan soliqlar summalari bo‘yicha hisob-kitoblar nusxalari ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
b) jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha — hisoblangan va haqiqatda to‘langan daromadlar summasi hamda yuridik shaxsning tegishli alohida bo‘linmasida band bo‘lgan xodimlar yuzasidan jismoniy shaxslarning daromadidan ushlangan soliq summasi haqidagi ma’lumotlar. Bunda ushbu ma’lumotlarning nusxalari bir vaqtning o‘zida yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olingan joy bo‘yicha ularga yuboriladi;
v) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz solig‘i bo‘yicha — soliq hisobotining belgilangan shakli bo‘yicha hisob-kitoblar. Bunda yuridik shaxs soliq bo‘yicha hisobga olingan joy bo‘yicha ushbu hisob-kitoblarning nusxalari yuboriladi;
14. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bir tumanda joylashgan taqdirda, ushbu alohida bo‘linmalar bo‘yicha tegishli yig‘ma soliq hisoboti tuziladi.
15. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Yüklə 219,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin