Yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari bo‘yicha soliqlarni to‘lash tartibi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Yüklə 219,8 Kb.
səhifə4/16
tarix10.11.2022
ölçüsü219,8 Kb.
#68345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
GGGGGGGGGGGGGGGGGGGGGGG

AV jami — umuman yuridik shaxs bo‘yicha asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati.
Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan soliq ulushidan kelib chiqib, yuridik shaxsning ushbu alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar summasi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
AB soliq summasi = Soliq summasi (hammasi) x AB soliq ulushi (%da) / 100, bunda:
Soliq summasi (hammasi) — umuman yuridik shaxs bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi.
Yuridik shaxsning soliq bo‘yicha hisobga olish joyida budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi umuman yuridik shaxs tomonidan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasidan kelib chiqib, ushbu yuridik shaxsning alohida bo‘linmalari joylashgan joydagi budjetlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
2-§. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
8. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yuridik shaxsning ushbu alohida bo‘linmasida band bo‘lgan ishchilarga hisoblanadigan va to‘lanadigan, qonunchilikda belgilangan tartibda soliq solinadigan daromad summasidan kelib chiqib aniqlanadi.
3-§. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
9. Yuridik shaxsning har bir alohida bo‘linmasi joylashgan joy bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi ushbu har bir alohida bo‘linma hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq ulushidan kelib chiqib, yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasiga to‘g‘ri keladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ulushi yuridik shaxs bo‘yicha jami tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanma va moddiy xarajatlarda mos ravishda yuridik shaxsning ushbu alohida bo‘linmasining tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha soliq solinadigan aylanmasi va moddiy xarajatlarining solishtirma salmog‘ining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


Yüklə 219,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin