Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʼyicha Shаrtnomа “ 15 ” 12 2023 yil 15/1232



Yüklə 41,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix07.01.2024
ölçüsü41,33 Kb.
#202770
1   2   3   4
Ochildiyev Saydullo шартнома

IV. IShLАRNI BАJАRISh MUDDАTLАRI. 
4.1.“Buyurtmachi”tomonidan oldindan avans toʼlovi amalga oshirilishi shartnomaning 1.1 – 
bandida koʼrsatilgan ishlarni boshlashga asos boʼladi. 
4.2.“Buyurtmachi”ni elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash muddati oldindan toʼlov 
amalga oshirilgan kundanboshlab 18 kunni tashkil etadi. 
V. QURILIShI YaKUNLАNGАN OBЪEKTNI QАBUL QILIB OLISh. 
5.1.Qurilishi 
yakunlangan 
obʼektni 
topshirish 
“Pudratchi”tomonidan 
Vazirlar 
Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi 256 – sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va 
jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʼyicha davlat xizmatlari koʼrsatishning 
maʼmuriy Reglamenti” asosida amalga oshiriladi. 
5.2.Ishlarni kafolat muddati tomonlar oʼrtasida topshirish-qabul qilish dalolatnomasi 
imzolangan kundan boshlab 6 (olti) oy etib belgilanadi. 
VI. TOMONLАRNING HUQUQ VА MАJBURIYaTLАRI. 
6.1. “Pudratchi”ning huquqlari: 
a) shartnomada koʼzda tutilgan bajarilgan ishlar uchun toʼlovlarni talab qilish; 
b) elektr qurilmalarini tarmoqqa ulash uchun zarur sharoitlarni yaratib berishni 
“Buyurtmachi”dan talab qilish; 
v) ishlarni bajarish jarayonida subpudrat asosida loyihalashni, qurilish-montaj va ishga 
tushirish-sozlash ishlarini bajarish uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb etish. 
6.2.“Pudratchi”ning majburiyatlari: 
a) “Buyurtmachi”ni pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subPudratchilar bilan 
shartnomalar tuzilishi, shartnoma predmeti, subPudratchining nomi va manzili toʼgʼrisida 
habardor qilish; 
b) ishlarni bajarish vaqtidaatrof muhitni muhofaza qilish boʼyicha zarur tadbirlar 
bajarilishini taʼminlash; 
v) “Pudratchi” oʼzi yoki subPudratchilar tomonidan obʼektni elektr tarmoqlariga ulash 
ishlarida qoʼllaniladigan qurilish materiallari, asbob- uskunalar va butlovchi buyumlar, 
konstruktsiyalar sifati, loyiha hujjatlarida koʼrsatilgan spetsifikatsiyalarga, texnik 
reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq boʼlishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi 
tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega boʼlishini 
kafolatlash; 
g) “Buyurtmachi”va “Oʼzdavenergonazorat” inspektsiyasining hududiy boʼlinmasiga 
obʼektning foydalanishga tayyorligi toʼgʼrisida xabarnoma yuborish; 
d) obʼekt topshirilgandan soʼng 6 (olti) oy muddat ichida bajarilgan ishlar boʼyicha 
aniqlangan nuqson va kamchiliklarni “Pudratchi” hisobidan 5 ish kuni davomida bartaraf 
etish. 
6.3. “Buyurtmachi”ning huquqlari: 
a) mazkur shartnomaga asosan “Pudratchi”dan obʼektni elektr tarmoqlariga ulash ishlarini 
shartnomada belgilangan muddatlarda topshirishni talab qilish; 
b) “Pudratchi”dan bajarilgan ishlar boʼyicha aniqlangan nuqson va kamchiliklarni bartaraf 
qilishni talab qilish; 
v) bajarilgan ishlarni barcha turlari bilan tanishish va ishlarning sifati ustidan texnik 
nazoratni amalga oshirish uchun texnik auditor yollash; 
g) obʼektni loyiha boʼyicha elektr tarmoqlariga ulashda talab etiladigan, sertifikatlangan 
yangi materiallarni oʼzi hisobidan taqdim etish. 
6.4. “Buyurtmachi”ning majburiyatlari: 


a)mazkur shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda “Pudratchi” tomonidan bajarilgan 
ishlar uchun toʼlovlarni oʼz vaqtida amalga oshirish; 
b)“Pudratchi”ga ishlarni bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish. 
VII.TАRАFLАRNING ShАRTNOMА MАJBURIYaTLАRINI BАJАRMАGАNLIGI 
UChUN JАVOBGАRLIGI. 
7.1. Taraflarning biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada 
bajarmagan taqdirda qonunchilikda belgilangan tartibda aybdor taraf ikkinchi tarafga 
yetkazilgan zarar miqdorini qoplaydi. 
7.2. Mazkur shartnoma boʼyicha bajarilgan ishlar uchun toʼlovlar amalga oshirilmaganda 
yoki oʼz vaqtida amalga oshirilmaganda “Buyurtmachi” “Pudratchi”ga kechiktirilgan har bir 
kun uchun jismoniy shaxslar0,1 foiz, yuridik shaxslar 0,4 foiz miqdorida penya toʼlaydi, 
bunda penya kechiktirilgan toʼlov summasining 50 foiz dan oshmasligi kerak. 
7.3. “Pudratchi” shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmaganda, yoki lozim 
darajada bajarmaganda, majburiyatlar bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun 
bajarilmagan ishlar qiymatining 0,5 foiz miqdorida “Buyurtmachi”ga penya toʼlaydi, bunda 
penyaning umumiy summasi bajarilmagan majburiyatlarqiymatining 50 foiz dan oshmasligi 
kerak. 
7.4. Neustoykani toʼlash taraflarni bir-biriga yetkazilgan zarar va boy berilgan foydani 
qoplashdan hamda shartnoma majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi. 
7.5. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan taraflarning javobgarligi amaldagi qonunchilik 
asosida hal etiladi. 

Yüklə 41,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin