126
biologik hodisalardagi hamda iqtisodiy, texnikaviy,
ijtimoiy murakkab
jarayonlardagi o‘z-o‘zidan tashkil bo‘lish, o‘z-o‘zining boshqarilishi,
tartiblikdan tartibsizlikka (xaos) o‘tish, chiziqli va nochiziqli kabi
holatlarning yo‘nalish qonuniyatini topishga intiladi. Boshqacha qilib
aytganda sinergetika taraqqiyot jarayonida beqaror holat
bilan barqaror
holat, muvozanatsizlik bilan muvozanat o‘rtasidagi qonuniyatga,
tartiblilik bilan tartibsizlik, chiziqlilik bilan chiziqsizlik orasidagi
aloqadorlik shaklining mazmuniga tayanadi. Sinergetika ta’limotining
asoschilaridan biri I.Prigojin «Beqarorlik falsafasi» asaridagi fikricha,
shu vaqtga qadar, «beqarorlik» tushunchasiga yetarli e’tibor berilmagan.
Lekin bugungi zamon fani esa beqarorlikni borliqning muhim jihati deb
hisoblaydi. Masalan, mayatnik harakatini e’tibor bersak, uning bir
me’yorda
tebranishini kuzatish mumkin, agar mayatnikni to‘xtatsak, u
dastlabki barqaror holatga qaytadi, agar to‘xtatib qo‘ysak, u yo o‘ng
tomonga, yo chap tomonga og‘ib turadi. Bu beqarorlik holatidir.
Beqarorlik hodisalarning sababiy bog‘lanishini bilishning yangi
imkoniyatgina emas, balki ilmiy jarayonning insoniylashishidan ham
dalolatdir. Uning mohiyati shundan iboratki, ilmiy bilish jarayoniga
inson faoliyati qo‘shilgani bois u insoniylashgan jarayondir. Inson o‘z
navbatida, shu ilmiy jarayonning tobora butun bir jihatidir.
Beqarorlik hodisasini o‘rganish, insonning
shu davrga qadar
bilmagan ko‘p tomonlarni tushunishga, jumladan, fan imkoniyatlarning
cheklanganligini anglashga imkon yaratdi. Chunki fan
shu vaqtgacha
ko‘proq barqarorlik hodisasiga e’tibor berib kelgan. Buning sababi –
barqarorlik determinlashgan dunyoni inson tomonidan to‘liq nazorat
qilishi va boshqarishi uchun imkon beradi. Shu bilan birga, barqarorlik
tabiatdagi ko‘pgina hodisalar mohiyatiga
bir tomonlama yondashish
ekanini kuzatish qiyin emas. Biroq bundan tabiat va jamiyatda faqat
beqarorlik yoki barqarorlik ayrim holda mavjud ekan, degan xulosa kelib
chiqmaydi. Aksincha beqarorlik va barqarorlik ayni
bir paytda paydo
bo‘ladi va yashaydi. Sinergetik ta’limotga ko‘ra, har qanday eski
tuzilma, yangi tuzilma bilan almashinar ekan, dastavval, beqarorlik, xaos
yuz beradi, tizimdagi unsurlar barqarorligiga putur yetadi. Bu nuqtadagi
holatni o‘zgarishida oddiy tasodif ham muhim ahamiyat kasb etishi
mumkin.
Sinergetikada o‘z-o‘zini tashkillashtirish deb muvozanatda bo‘lma-
gan ochiq tizimlarning oddiy tashkillashtirishdan murakkab tashkillash-
tirilgan holatlarga spontan tarzda o‘tish jarayoni tushuniladi. Qayd
etiladiki, taraqqiyot tartibsizlik (xaoslik) tufayli amalga oshadi. Hozirgi
127
zamon faniga ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina
tizimlarning rivojlanishi
nochiziqli mohiyatga egadir, bu holda har bir tizimning evolutsiyaviy
jarayonida ko‘p variantlik rivojlanish imkoniyatlari mavjud va ular
qaytarilmaslik tabiatiga ega.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: