Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. Determinizmning umumiy aloqadorliklarini


səhifə47/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

3-§. Determinizmning umumiy aloqadorliklarini
ifodalovchi kategoriyalar 
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, o‘quv 
qo‘llanmalaridan farqli o‘laroq, bu kategoriyalarni qiyosiy tahlil 
qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini ochib 
berish imkoniyatini yaratishdir. Chunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun 
va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va 
voqelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko‘rsatilgan 
«alohidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», 
«element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning 
uchun biz falsafa kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan 
mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi tarzida olib qarashni lozim 
topdik. Lekin, buning uchun har bir kategoriyaning mazmunini alohida 
tahlil qilish zarur. 
«Mohiyat va hodisa» kategoriyasini olib ko‘raylik. Mohiyat-o‘zida 
alohidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, 
imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon 
qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabat-
larining namoyon bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umu-
miylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish 
maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va 
funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bo‘lmagan, nisbatan barqaror yoki 
o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida 
o‘rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur. 
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson ehtiyojlarini 
qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, 
jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo‘lgan davlatning maqsadi va 


 144
vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat 
hududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini 
ta’minlashdan iborat bo‘lib, uning mohiyatini tashkil qiladi. 
Shunga ko‘ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va 
ehtiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga bog‘lab tahlil qilgandagina, u 
ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Narsa va hodisalarni bilish hamda o‘zgartirishga inson muayyan 
ehtiyojlar asosida yondashadi. Bu yondashish subyektiv xarakterga ega 
bo‘lib, uning konkret ehtiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan 
baholanadi. 
Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning chanqovini qondirish, 
fizik uchun-agregat holati, elektr tokini o‘tkazishi yoki optik 
xususiyatlari, ximik uchun, uning N2O kimyoviy birikma sifati, 
tegirmonchi uchun tegirmon parragini aylantirish xususiyatlari asosiy 
mohiyat hisoblanadi. 
Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ularning 
mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham o‘zgarib turadi. 
Mohiyatdagi har qanday juz’iy o‘zgarish ham, uning muqarrar o‘zgargan 
hodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini o‘tkazish 
xususiyati, uning temperaturasiga bog‘liqligi aniqlangan. Agar biz 
suvning temperaturasini ma’lum darajada ko‘tarsak, uning elektr tokini 
o‘tkazish 
xususiyatini o‘lchaydigan asboblar bu o‘zgarishlarni qayd qilmasligi 
mumkin. Lekin, bundan suvning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokini 
o‘tkazuvchanlik xususiyati yo‘qolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi. 
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog‘lanishlari 
makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat 
va hodisa o‘z xususiyatlariga ko‘ra sistema, struktura va elementlarda 
o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun har qanday hodisani 
va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim. 
Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, 
hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida 
muhim ahamiyatga ega. Mazmun – narsa va hodisalarning rivojlanish 
jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy 
bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan 
aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi. 
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy 
bog‘lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. 


 145
Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o‘rtasidagi 
bog‘lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. 
Ya’ni, mazmunning o‘zgarishi shaklning o‘zgarishiga olib keladi, degan 
xulosa ustuvor bo‘lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy 
bog‘lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo‘lish mumkin bo‘lmaga-
nidek, mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Biz faqat 
nisbatan mustaqil bo‘lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, 
shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib 
aytganda, mazmun va shakldagi har qanday juz’iy o‘zgarish ham bir-
biridagi o‘zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgina biz ularni bilib olgan yoki 
bilmagan bo‘lishimiz mumkin. Masalan, suvning agregat holati, shakli 
o‘zgarishi bilan uning mazmuni ham o‘zgaradi. Ya’ni, suv bug‘ holatida 
chanqoqni qondirmaydi, o‘simliklarni sug‘orish uchun yaramaydi. 
Bundan tashqari, elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari 
sistemaning xarakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, 
strukturaviy bog‘lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini ham 
belgilab turadi. Shunga ko‘ra, shaklni mazmunga nisbatan «ikkilamchi» 
deyish noo‘rindir. Bunga ijtimoiy hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, 
demokratiya boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini 
belgilab turadi. 
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriyalar 
tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil tahlil qilganda, unga 
insonlarning muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida yondashishlarini 
alohida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va shaklning 
obyektiv xarakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni baholashdagi 
subyektiv, muqobil qarashlarda o‘z ifodasini topadi.
Sabab va oqibat. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va 
tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli 
o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har qanday sistemaning elementlari 
o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega bo‘lib, unga 
mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. 
Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, 
bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. 
Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi, 
muayyan sabab oqibatidir. 
Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat 
munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, sabab – biror 
narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir. Narsa va 


 146
hodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini 
bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi 
muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab 
avvalgi hodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon 
bo‘ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi 
hisoblanadi. 
Narsa va hodisalarning rivojlanishi asos bo‘lgan sabablar tizimi 
mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo‘lmagan, muhim va 
muhim bo‘lmagan sabablarga ajratish mumkin. 
Sababning mohiyati avvalgi hodisalarning oqibati sifatida vujudga 
kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko‘ra, sababni bir 
vaqtning o‘zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan 
bo‘lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo‘ladi. Shu bilan 
birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va 
zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab 
mavjudlikning genetik bog‘lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan 
birgalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Gegel tili bilan 
aytganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab 
falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: 
1) uning obyektiv xarakteri narsa va hodisalarning ichki, tarkibiy 
elementlari munosabatlariga xos bo‘lib, mohiyatning real mavjudlik 
holatini ifodalaydi; 
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib 
chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi; 
3) sabab umumiy xarakterga ega bo‘lib, hech qanday narsa va 
hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo‘lmaydi; 
4) sabab zaruriy bo‘lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni 
keltirib chiqaradi; 
5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil 
bog‘lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning 
oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog‘liqligini xarakterlaydi. 
Zaruriyat va tasodif. Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif 
kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – 
narsa va hodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini 
ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – 
zaruriyatning namoyon bo‘lish shaklidir. 
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning 
mushtarakligini va samaradorligini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan, 


 147
zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy 
tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish 
lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida 
tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish 
qonuniyatdan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi. 
Masalan, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor 
iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishi tarixiy obyektiv zaruriyatdir, uning 
«o‘zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret 
namoyon bo‘lishidir. Bunda tasodif «subyektivlashtirilgan» jarayon 
sifatida ko‘zga tashlansa ham, obyektiv hodisadir. Chunki, O‘zbekis-
tonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining 
milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga o‘tishning xarakterini 
belgilab beradi. 
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning obyektiv qonuniyatlaridan 
kelib chiqib, doimiy o‘zgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida 
namoyon bo‘lishi, o‘z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat 
maqomiga ega bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif 
o‘rtasidagi bog‘lanishlar sabab-oqibat munosabatlari xarakteriga mos 
keladi. 
Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni 
aniqlash va baholashga muayyan subyekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai 
nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. 
Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning 
vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb 
baholanib, uning zaruriy, obyektiv qonuniy xarakteri inkor etilmoqda. 
Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech qanday imperiyaning abadiy 
bo‘lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz 
zaruriyatni ko‘rib turibmiz. 
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog‘lanishi shundaki, ular bir-
birisiz mavjud bo‘la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga 
ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning 
muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi 
qarashlar g‘ayriilmiydir. 
Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. 
Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish 
tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. 
Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon 
bo‘lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy 


 148
mantiqiy tamoyillariga ko‘ra, boshqa kategoriyalar bilan bog‘liqlikda 
tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar 
rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish 
shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o‘zida 
mujassamlashtirgan. 
Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy hodisadir. Uning real, 
formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O‘zbekiston 
mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat qurishi 
uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. 
Karimovning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko‘rsatib berildi. 
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik 
kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga 
ta’sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud voqelik tarixiy 
genezisiga ko‘ra, o‘zida boshqa voqelikning imkoniyatlarini 
mujassamlashtirgan bo‘ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi 
bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini 
namoyon qiladi va hokazo. 


 149

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin