163
individual ong bilan almashtirish mumkin. Oddiy ongni individual
ongdan farqi ularning vujudga kelish manbaidadir. Individual ongni
vujudga kelish manbai inson, oddiy ongni vujudga kelish manbai inson
va sotsial guruhlar (sinflar)dir.
Ma’lum faoliyat tufayli birikkan kishilar ishlab chiqarish jarayonida
o‘zlarini o‘zgacha tutishi mumkin, alohida-alohida hollarda esa
boshqacha tutishi mumkin. Bu esa ijtimoiy ongning xususiy ko‘rinishi,
mehnat tufayli bir-biriga bog‘langan kishilarning ma’naviy faoliyatining
xususiyati – ijtimoiy ruhiyatdir (psixologiya). Ijtimoiy ruhiyatning
mazmunini ijtimoiy kayfiyatlar, his-tuyg‘ular, urf-odatlar, ijtimoiy fikrlar
tashkil qiladi. Ijtimoiy ruhiyatning asosiy shakli – guruh ruhiyatidir.
Bundan tashqari millatlar ruhiyati, professional guruhlar ruhiyati mavjud.
Nazariy ong ijtimoiy ongning oliy darajasidir.
Nazariy ong – bu g‘oya va qarashlarning to‘la tizimidir. Nazariy ong
faol fikrlash jarayoni bilan bog‘langan. Oddiy ong narsa va hodisalarni
tashqi tomonini aks ettirsa, nazariy ong ularni ichki mohiyatini aks
ettirishga qaratiladi. Lekin bu nazariy ong hayotni to‘g‘ri in’ikos ettiradi
degan gap emas. Nazariy ong har xil sinflarning mafkurasi
(ideologiyasi)da ifoda etiladi.
Mafkura nazariy jihatdan shakllangan va ma’lum bir sinflarning
qiziqishlarini ifodalagan falsafiy, diniy, axloqiy, estetik va boshqacha
qarashlarning majmuasidir. Sinflar o‘z manfaatlarini amalga oshirishda
mafkuradan foydalanishadi. Ustqurmaning hamma elementlari qarashlar,
xulq normalari, sinflarning mafkurasiga bog‘liqdir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: