Ijtimoiy ong shakllari. Ijtimoiy borliq har xil bo‘lgani uchun uning
in’ikosi ham har xil. Ijtimoiy ongning quyidagi shakllari mavjud:
siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, falsafiy, estetik, fan va boshqalar.
Huquqiy ong. Ijtimoiy ongning alohida shakllaridan biri – huquqiy
ongdir.
Huquqiy ong deb huquqning subyektlari bo‘lgan – individ, korxona,
mehnat jamoalarining faoliyatlarida yuridik qonun sifatida qabul qilingan
bilimlar va qadriyatlarning aks etishiga aytiladi.
Huquqiy ong shaxs ongida, jamiyat g‘oyalarida namoyon bo‘ladigan
huquqdir. Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi
e’tiqodlar, tasavvurlar, baholar, his-tuyg‘ular va ma’naviyatning boshqa
tarkibiy qismlari tizimidir. Huquqiy ong eng kam darajada davlat va
jamiyatning ta’siriga uchragan huquqiy madaniyat elementidir. Tezlik
bilan yangi qonun qabul qilish, davlat organini tuzish mumkin, ammo
insonning huquqiy ongini tezda o‘zgartirib bo‘lmaydi.
164
Huquqiy ong darajasini ko‘tarish uchun oila, maktabgacha tarbiya
muassasalar, maktablar, o‘quv yurtlari, huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, hamda boshqa davlat va jamiyat institutlarining hamkorlikdagi
harakatlari zarur. So‘nggi vaqtlarda yuksak huquqiy ong faqat shaxs
dunyoqarashiga kompleks va maqsadga muvofiq ta’sir etishning natijasi
bo‘lishi tushunib yetildi. Yuqori darajada huquqiy ongni shakllantirish
uchun huquqiy bilimlarni keng tarqatish zarur. Bu haqda Respublikamiz
Prezidenti I. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning
qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida «Jamiyatning demokratiya yo‘lidan
jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan odamlarning huquqiy ongi va huquqiy
madaniyati darajasiga bog‘liqdir. Yuksak huquqiy madaniyat – demok-
ratik jamiyat poydevori va huquqiy tizimning yetuklik ko‘rsatkichidir»
1
.
Deb ta’kidlaydi.
Huquqiy ongning tuzilishi. Huquqiy ong ikkita tarkibiy qismdan,
ya’ni huquqiy mafkura va huquqiy ruhiyatdan iborat.
Huquqiy mafkura huquqning mohiyati, ahamiyati va talablari
to‘g‘risidagi g‘oyalar, qadriyatlarni o‘z ichiga olsa, huquqiy ruhiyat
hissiyotlar, kayfiyatlar, kechinmalar, ya’ni huquqning emotsional qabul
qilinishi bilan bog‘liq.
Huquqiy ong siyosiy va axloqiy ong orasida turadigan jarayondir.
Siyosiy ongdan farq qilib u muayyan individual – shaxsiy kategoriyalar
bilan ish ko‘radi. U axloqiy ongdan farq qilib zarurat va haqiqat
tushunchalari davlat qonunlari sifatida qabul qilingan va bu qonunlarni
buzilishi huquqiy choralar ko‘rishni taqozo qiladi. Agar siyosiy ong
obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlardan kelib chiqsa, huquqiy ong
aqliy – axloqiy bahoga suyanadi.
Jamiyatda sinflar vujudga kelganidan so‘ng huquqiy ong axloqiy
ongdan ajralib chiqqan, ilk huquq g‘oyasi paydo bo‘lgan, bu g‘oya
individni davlatdan himoya qilgan.
Huquqiy ongning quyidagi shakllari mavjud: huquqiy his-tuyg‘u,
huquqiy odatlar va malakalar, huquqiy bilimlar.
Huquqiy ong uchta asosiy funksiyani amalga oshiradi: bilish,
boshqaruv, baholash.
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ ɱɭԕɭɪ-
ɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ. – Ɍ., 2010.
– Ȼ.27-28.
165
2-bob.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |