Muammoni o‘rganilganlik darajasi.Mazkur muammo xalq pedagogikasi, buyuk mutafakkirlarning ta’limotlarida aqliy tarbiya, bilim olish bilan bog‘langan holda talqin etilgan.Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Kaykovus, Axmad Yugnakiy,Abdurahmon Jomiy,Alisher Navoiy, Husain Voiz Koshifiy, Zahriddin Muhammad Bobur, keyinroq esa Abdurauf Fitrat va boshqalarning ta’limiy – axloqiy qarashlarida kitob va uning ilm olishdagi o‘rni haqidagi fiklari bunga yaqqol dalil bo‘la oladi.
Shuning uchun ham ma’naviyat, ta’lim, xususan oila muammolari bilan shug‘ullangan faylasuf, psixolog, pedaagog, adabiyotshunos olimlar oila kitobxonligining yosh avlod ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rniga alohida axamiyat berganlar.
X.Ziyoev, B.Ziyomuhammedov, A.Ibrohimov, M.Imomnazarov, Ibrohim Karimov, Q.Nazarov, T.Mahmudov, J.Tulenov, E.Yusupov Z.G‘afurov va boshqa filosof olimlar ma’naviyatning asl mohiyati, uning tarkibiy qismlarini, ma’naviyat va mustaqillikning o‘zaro aloqadorligi, ma’naviyatning jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamoloti, milliy ong va milliy mafkuraning shakllanishiga ta’siri masalalari bilan bog‘lab tadqiq etadilar.Benjamin Spok, Y.Azarov, V.A.Suxomlinskiy, S.Marshaklar o‘smir yoshida bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabat, ularning bo‘sh vaqtini tashkil etish, intellektual, ma’naviy – axloqiy, estetik, jismoniy rivojlanishi bilan bir butun, yaxlit aloqada tadqiq etsalar keying o‘n yillikda psixolog olimlar M.Voxidov, M.Davlatshin, V.Karimova, E.G‘oziev, B.Qodirov, G.Shoumarovlar esa o‘smirlarning yosh xususiyati va uning tafakkurini rivojlantirish omillari, ular qobiliyatini namoyon bo‘lish xususiyatlari bu borada ota-onalarning vazifalariga doir ilmiy izlanishlar olib bordilar.
Pedagog olimlar O.Musurmonova, M.Inomova, S.Nishonova, U.Maxkamov, M.Quronov, S.Ochilov M.Nigmatovalarning tadqiqodlarida oilada bolalar kitobxonligi, mustaqillik va ma’naviy kamolot negizlari, shaxsni ma’naviy – axloqiy shakllantirish hamda komil inson tarbiyasida kitobning o‘rni kabi muammolar bilan uyg‘un xolda tadqiq etildi.
Keyingi yillarda kitobxonlik muammolari va uni xal etish bo'yicha A.Zunnunov, Q.Yo‘ldoshev, S.Matjonov, M.Mirqosimova,T.Niyazmetovalar adabiy ta’lim jarayonida, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda, oilada bolalar kitobxonligini tashkil etishda kitob bilan ishlash metodlari haqida tadqiqotlar olib borganlar. M.Murodov,X.Jamolov, F.Habibullaev, L.A.Nikitina, L.Strel’kova, I.V.Grebennikov, N.I.Bocharova. O.G.Tixinova va boshqalar esa kitobxonlik, oila kitobxonligi, kutubxonalar bilan hamkorlik muammolariga doir tadqiqot ishlari olib bordilar.Xususan, M.M. Nigmatova maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini tadqiq etganlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida: bolalar adabiy asarini o‘qish va tinglash jarayoni, bola va kitob o‘rtasidagi aloqa jarayoni, maktabgacha yoshdagi yoshga oid adabiy bilimlarni egallash jarayonlari jihatlari bo‘lgan jarayonlarni o‘rganish uchun haqiqiy ehtiyoj mavjud.
Shunday qilib, mavjud qarama-qarshiliklar yangilanishi kerak.
- ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolarni hal qilishda o‘qishning asosiy ta’lim qobiliyati, inson madaniyatini o‘zlashtirish usuli va maktabgacha ta’lim fenomenini kam baholaydigan uslub sifatida muhimligini belgilaydigan ijtimoiy buyurtma o‘rtasida;
- to‘plangan boy materiallar va ushbu yondoshuvlarni ajratish, adabiy ta’limning barcha bosqichlarida muhim bo‘lgan bilim sifatida etarli darajada umumlashtirish.
Ushbu umumiy qarama-qarshiliklar quyidagi darajalarda mavjud bo‘lgan pedagogik nazariya va amaliyotning nomuvofiqligi bilan belgilanadi.
- ijtimoiy-pedagogik: ilmiy va pedagogik: ijtimoiy buyurtmaning bajarilishini ta’minlaydigan maktabgacha ta’lim sohasidagi ilmiy va nazariy ishlanmalarning dolzarbligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘qish madaniyatini rivojlantirishning kontseptual asoslari o‘rtasidagi;
- ilmiy va uslubiy: maktabgacha yoshdagi bolalarga yo‘naltirilgan axborot-media texnologiyalarining jadal rivojlanishi va maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jarayonining rivojlanmagan uslubiy asoslari o‘rtasida.
Shunday qilib, tadqiqot muammosi maktabgacha yoshdagi bolalarning kitobxonlik madaniyati va uning rivojlanishining konseptual asoslarini uzluksiz adabiy ta’limi sharoitida rivojlantirishni har tomonlama o‘rganish zarurati.
Aniqlangan qarama-qarshiliklar tadqiqot mavzusining dolzarbligini tasdiqlaydi: ''Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish texnologiyasi.".