Yusupova nargiza amanbaevna



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə8/13
tarix09.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#110119
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Yusupova Nargiza

I-Bob yuzasidan xulosa
О‘zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanish imkoniyatlaridan tо‘laroq foydalanishga ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talabiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi rо‘lini oshirishga yо‘naltirilgan tadqiqodlar olib borilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida bola shaxsiyatini, uning boshqalar bilan о‘zaro ijobiy munosabatini shakllantirish, axloqiy tasavvurlarni rivojlantirish, vatanparvarlik xissiyotlarini uyg‘otishga alohida e’tibor beriladi.
Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bо‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda
Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada mehnatga о‘rgatish,ularni estetik tarbiyasi ham muhim vazifalardandir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy, ruhiy va axloqiy diniy tarbiyasi,ma’naviy yuksak qilib tarbiyalashning asosi bu bilimdadir. Yosh avlodni bilimli, ma’rifatli va madaniyatli qilib tarbiyalash muommolari esa bevosita kitob va kitobxonlik masalalarining qay darajaga kо‘tarilgani bilan bog‘likdir.
Mutolaa madaniyati juda keng ma’nodagi tushuncha bо‘lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiѐt bilan kengroq tanishib, kitob bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bо‘lish, shuningdek kitobdan tо‘la ravishda foydala bilishda ѐrdam beruvchi kо‘nikmalardan iborat.
Kitobxonlik madaniyati kitobxonga о‘qiyotgan asarini tо‘laqonli tushunish, undan badiiy-estetik zavq olish, yozuvchi fikri, asar g‘oyasini anglash va baholay olish, bundan tashqari kitob va kutubxonadan foydalanish, ma’lumotnoma bibliografik apparatidan о‘zini qiziqtirgan yoki zarur masalalarga doir kitoblarni topib olish va undan foydalanish yо‘llarini о‘rgatadi. Kitob tanlash, uni tez о‘qish, о‘qilgan kitoblarni boshqalarga tavsiya etish, avaylab saqlash ham kitobxonlik madaniyatining tarkibiy qismlariga kiradi.
Kitobxonlik madaniyati tushunchasi juda keng ma’noda qо‘llaniladi. Xususan, bu hodisa asarni anglash va uni tushunish uchun kitobxondan ma’lum tayѐrgarlik va saviyani talab qiladi. Bu hodisaning mohiyati kitobni shunchaki varaqlash va undan umumiy foydalana bilishdan to ijodiy о‘qish, kitob muallifiga oshno bо‘lib, uning asarini chuqur tahlil qilib mutolaa qilishgacha boradi. Ta’lim beruvchi vosita sifatida kishilarning iymonli bо‘lishi uchun xizmat qilib, yashash tarzining hayot kechirish qoidalarining qomusiga aylangan.
Kitob har bir insonning ayniqsa, bolalarning bilimga bо‘lgan qiziqishini oshiradi. Zero, qadriyatlar orasida о‘qish, mutolaa va bilim olish alohida о‘rin tutadi.
Bugungi kunda butun dunyo axborot asrida yashamoqda. Chunki jahonda har kuni juda kо‘p miqdorda kitob bosilib chiqadi. Buning ustiga benihoya kо‘p jurnallar, tо‘plamlar, gazetalar. Kino, teatr, radio, televizor va boshqa xilma-xil vositalar istasang-istamasang axborot berib turadi. Chor -atrofni о‘rab turgan muhit ham katta axborot vositasiga ega. Mana, shularning orasidan inson о‘ziga keraklisini ajratib olmog‘i lozim, bu esa mutolaa о‘qish madaniyati qanday va qay darajada tarbiyalanganiga bog‘liq.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin